Kitob masolik ul-mamolik
Kitob masolik ul-mamolik (Mamlakatlarga boradigan yoʻllar haqida kitob) – geografik asar. Muallifi IX asrning ikkinchi yarmi X asr birinchi choragida yashagan sayoh va goegraf Istaxriydir. Istaxriy sayyoh sifatida Suriya, Misr, Eron, Movarounnahr, Magʻrib kabi hududlarda boʻladi va 930–933-yillarda „Kitob masolik ul-mamolik“ asarini yozib tugallaydi.
Ushbu asar 20 ta bobdan iborat. Asarda mamlakatlar tabiati, maʼmuriy boʻlinishi, chegaralari va yoʻllari, mashhur shaharlar, kishilar va aholi mashgʻulotlari toʻgʻrisida maʼlumot keltiriladi.
„Kitob masolik ul-mamolik“ asari 20 ta iqlimga taqsimlangan. Asarda har bir iqlimning maxsus xaritalari mavjud. Asarda Movarounnahr toʻgʻrisida ham maʼlumotlar keltirilgan boʻlib, u yerdagi shaharlar tasnifi keltirilgan. XVI asrda Abdurahmon Naxichevoniy tomonidan asar fors tiliga tarjima qilingan. Asar bir necha marotaba 1870, 1927, 1967-yillarda arab tilida Leydenda nashr qilingan.
Asarning 16 ta arab tilidagi qoʻyozma nusxasi topilgan va eng qadimgi nusxasi 1184-yilda Myuller tomonidan faksimile shaklida nashr etiladi. 1870-yilda esa De Gue tomonidan asarning tanqidiy matni nashr etilgan. Iroj Afshor asarning 18 ta forsiy tarjima nusxalarini aniqlaydi va tanqidiy matnini nashr ettiradi.
„Kitob masolik ul-mamolik“ asarida Markaziy Osiyo mintaqasi tarixiy geografiyasi bilan bogʻliq maʼlumotlar mavjud. Asarning „Xuroson“ va „Movarounnahr“ qismi 8 ta arabiy va 11 ta forsiy nusxalari bilan solishtirilib, va OʻzR FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti katta ilmliy xodimi Ravshan Xudoyberganov tomonidan tarjima qilinib chop qilingan.
Manbalar
Adabiyotlar
uz.wikipedia.org