Kitob al-Agʻoniy
“Kitob al-Agʻoniy" (arab. كتاب الأغاني — Qo‘shiqlar kitobi) — ensiklopedik sheʼrlar va qoʻshiqlar toʻplami. Zamonaviy nashrlari 20 jilddan ortiq boʻlgan ushbu asar X asrda yashagan arab yozuvchisi Abu al-Faraj al-Isfahoniyga nisbat beriladi. Abu al-Farajning taʼkidlashicha, 10 ming sahifadan ko‘proq va 16 ming dan ortiq arab sheʼriyatini oʻz ichiga olgan asarni yozish uchun 50 yil vaqt ketgan. Uni uchta alohida bo‘limdan iborat deb ko‘rish mumkin: birinchisi xalifa Horun ar-Rashid uchun tanlangan „100 ta eng yaxshi qo‘shiq“lar, ikkinchisi shoh bastakorlari va uchinchisi muallifning o‘zi tanlagan qo‘shiqlar bo‘limidir. Asar islomgacha boʻlgan davrdan milodiy IX asr oxirigacha boʻlgan davrni oʻz ichiga oladi. Abu al-Faraj „Kitob al-Ag‘oniy“dagi koʻplab qo‘shiqlar uchun ijro yo‘nalishlarini kiritgan. Shaxslar haqidagi tarjimai hol izohlari tufayli asar muhim tarixiy manba hisoblanadi. Shuningdek, asar arab adabiyoti sotsiologiyasi bilan qiziquvchilar uchun ham foydalidir.
Eʼtirof
XIV asrning taniqli tarixchisi Ibn Xaldun „Qoʻshiqlar kitobi“ni arablarning arxivi deb atagan: „Kitobda arablarning oʻtmishda sheʼriyat, tarix, musiqa va boshqa sohalarda erishgan barcha yuksak yutuqlari jamlangan. Mening bilishimcha, bu borada boshqa hech qanday kitobni u bilan tenglashtirib bo‘lmaydi“.
Nashrlar
Yana qarang
Manbalar
uz.wikipedia.org