Kito metropoliteni
Kito metropoliteni (ispancha: Metro de Quito — Ekvador poytaxti Quito shahrida qurilayotgan metro tizimi.
Hikoya
Kito janubdan shimolga juda choʻzilgan. Shahar uzunligi 45 kilometr, kengligi esa 3-5 kilometrni tashkil etadi. Kito metropoliteni shahar yoʻllaridagi ertalabki va kechki tirbandlik hamda yuqori tezlikdagi transportga boʻlgan ehtiyoj sababli qurilmoqda. Metropolitenni qurish haqida gap-soʻzlar 1978-yildan beri davom etmoqda, ammo qurilish 2012-yil dekabr oyida boshlangan.
Qurilish
Metropolitenning 16 ta bekatdan iborat boʻlgan 1-yoʻnalishi qurilishi 2012-yil dekabr oyida boshlangan.
Yoʻnalishlar
Ishga tushurilishi
Metropoliten 2016-yilning birinchi yarmida ishga tushirilishi rejalashtirilgan edi, keyin 2020-yil mart oyiga qoldirilagan, ammo mablag‘ yo‘qligi sababli rasmiy ochilish marosimi 2022-yilning fevralida rejalashtirildi . Ushbu muddatda ham metropoliten ishga tushirilmadi va keyingi eʼlon qilingan ochilish sanasi — 2022-yil iyun deb belgilandi. Ammo 5-avgust kuni tizimni boshqaradigan kompaniya oʻz mas’uliyatidan voz kechgani maʼlum boʻldi. Hozir rasmiylar yangi operator qidirmoqda.
Bekatlar
bekatlar ketma-ketligi janubdan shimolga qarab berilgan.
Metropoliten xususiyatlari
Bekatlarlar bir-biridan taxminan 1,3 km masofa uzoqlikda boʻlib, 15-26 m chuqurlikda joylashgan. Olti vagonli poyezdlar qatnashi rejalashtirilgan.Ishga tushirilgach u ekvatorga eng yaqin metroga aylanadi.
Manbalar
uz.wikipedia.org