Kitara




Kifara , kitara (yun. kithara) — yunonlarning lira (qad. Sharkdagi chang)ta oʻxshash, torli-tirnama musiqa sozi. Dastlab torlari 4 ta boʻlib, keyinchalik 7—18 tagacha yetgan. K. yakka hamda joʻrnavoz soz sifatida ishlatilgan. Yunon adabiyoti va tasviriy sanʼatida K. — Appollonnchng doimiy yoʻldoshi, yaʼni asosiy belgisi boʻlgan. Milodiy 1-asrlarga oid Turon moddiy yodgorliklari (qad. Xorazm, Dalvarzintepa, Panjikent va boshqa joylardan topilgan xaykalchalarda tasviri uchraydi. Gitara, sitra kabi musiqa sozlarining nomlari K. soʻzidan kelib chiqqan.

Manbalar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz