Kitakyusyu




Kitakyusyu — Yaponiyadagi shahar, Simonoseki boʻgʻozidagi port. Kyusyu o.ning shim. chekkasida, Fukuoka prefekturasida. 1963-yilda sanoat markazlari — Yavata, Tobata, Kokoʻra, Vakamatsu va Modzi shaharlarining qoʻshilishidan tarkib topgan. Aholisi 1,01 mln. kishi (1995). K. — transport yullarining muhim tuguni. Mamlakatning eng yirik sanoat markazlaridan biri. Ogʻir va yengil sanoat korxonalari koʻp. Sanoatining yetakchi tarmoqlari—qora va rangli metallurgiya. Koks-kimyo, kimyo, mashinasozlik, oziq-ovqat, toʻqimachilik, harbiy sanoat, neftni qayta ishlash, sement, oyna-keramika, poligrafiya korxonalari bor. Kokoʻrada koʻmir-energetika kti qurilgan. Yavatada dunyodagi eng yirik metallurgiya kombinatlaridan biri joylashgan. Shahar Xonsyu oroli bilan suv osti yoʻli orqali bogʻlangan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz