Kita-ku, Niigata




Kita-ku (yaponcha: 北区 Kita-ku?) Yaponiyaning Hokuriku mintaqasi Niigata prefekturasidagi Niigata shahrining sakkizta palatasidan biri hisoblanadi. 2018-yil 1-sentyabr holatiga koʻra, palatada uy xoʻjaliklarida hisoblangan aholi soni 74559 nafarni, aholi zichligi esa har kvadrat kilometrga 690 kishini tashkil qilgan. Boʻlimning umumiy maydoni 107,72 kvadrat kilometrni (41,59 mi²) tashkil etadi.

Geografiyasi



Kita-ku Niigata shahrining shimoli-sharqiy hududida joylashgan. Kita-ku shimol tomonda Yapon dengizi bilan chegaradosh hisoblanadi.

Atrofdagi munitsipalitetlar




Tarixi



Hozirgi Kita-ku hududi qadimgi Echigo viloyatining bir qismi boʻlgan. Kuzudzuka qishlogʻi 1889-yil 1-aprelda Niigataning Kitakanbara tumanida zamonaviy munitsipalitetlar tizimining oʻrnatilishi bilan tashkil etilgan shundan soʻng esa 1901-yil 1-noyabrda shaharcha maqomiga koʻtarilgan. 1955-yil 31-martda u Toyosaka deb oʻzgartirildi hamda 1970-yil 1-noyabrda shahar maqomiga koʻtarildi. Niigata shahri Toyosakani 2005-yil 21-martda anneksiya qildi. Niigata 2007-yil 1-aprelda hukumat tomonidan belgilangan shaharga aylantirildi va bir necha qismlarga boʻlindi, sobiq Toyosaka va sobiq Niigata shahrining qirgʻoq qismi bilan birga yangi Kita Ward tarkibiga kiritildi.

Taʼlim tizimi



Universitet



Hududda bitta Niigata sogʻliqni saqlash va farovonlik universiteti faoliyat yuritadi.

Boshlangʻich va oʻrta taʼlim



Kita-kuda Niigata shahar hukumati tomonidan boshqariladigan 13 ta davlat boshlangʻich maktabi va sakkizta davlat oʻrta maktabi faoliyat yuritadi. Boʻlimda Niigata prefekturasi taʼlim kengashi tomonidan boshqariladigan bitta davlat oʻrta maktabi va bitta xususiy oʻrta maktab ham bunyod etilgan.

Transporti




Temir yoʻl



JR Sharq — Hakushin liniyasi

Tranzit avtobus




Magistral yoʻllar




Ahamiyatli joylari



Joylar




Gallereya




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz