Kitakami




Kitakami — Yaponiyadagi daryo, Xonsyu o.ning shim.da. Oʻz. 243 km. Kitakami togʻlaridan boshlanib, shim. dan janubga tomon boʻylama tektonik vodiydan oqadi. Tinch okeanning Isinomaki qoʻltigʻiga quyiladi. Bahor-yoz oylarida toʻlib oqadi. Daryoda yogʻoch oqiziladi, GES qurilgan. Quyi qismida kema qatnaydi. K. vodiysida sholi ekiladi. Daryo boʻyida Morioka, Midzusava, quyilish joyida Isinomaki portlari joylashgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz