Kit mo'ylovi




Kit moʻylovi - moʻylovli (tishsiz) kitlar yuqori jagʻidagi shox plastinkalar; soni 130 tadan (kulrang kit) 400 tagacha (yoʻl-yoʻl kitlar), ogʻiz cheti boʻylab joylashgan. Har bir plastinka uchburchak shaklda; uning keng tomoni ogʻiz boʻshligʻiga oʻgirilgan; kichik tomoni milkka chuqur botib kirgan. Plastinkalarning ogʻiz boʻshligʻiga oʻgirilgan qirralari oʻzun va ingichka shox naychalardan iborat. Naychalar bir-biri bilan tutashib, gʻalvirga oʻxshash apparatni hosil qiladi. Kit suv bilan ogʻziga kirgan hayvonlardan suvni shu naychalar orqali sizdirib oʻtkazib keyin oziqlanadi.

Manbalar






uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz