KISLOVODSK



KISLOVODSK — Rossiya Federatsiyasining stavropol o’lkasidagi shahar (1830 yildan), Kavkaz mineral suvlari guruhidagi balneoiqlim kurorti. Temir yo’l stantsiyasi. Aholisi 115,9 ming kishi (1990-yillar o’rtalari). Katta Kavkazning shimoliy etaklarida, 720-1060 metr balandlikda joylashgan. Oziq-ovqat (shu jumladan, “Narzan” mineral suvi qadoqlanadi), yengil, mebel sanoati korxonalari, muzeylar bor. Kislovodskga 1803 yilda ruslar harbiy istehkom va stanisa sifatida asos solgan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz