Kislorod bilan kesish




Kislorod bilan kesish , gaz bilan kesish, avtogen bilan kesish — metall buyumlarni gaz alangasida erish temperaturasidan birmuncha past temperaturagacha qizdirib kislorod oqimida kesish. Bunda metallning kesiladigan joyi yonadi, metall oksidlari va erigan metall soplodan chiqadigan kislorod oqimida puflab ketkaziladi. Qizdirishda koʻpincha atsetilen, vodorod, benzin (baʼzan elektr toki)dan foydalaniladi. Past va oʻrtacha legirlangan poʻlatlar (qalinliti 1–300 mm) Kislorod bilan kesish k. ga moyilligi yaxshi. Xromli poʻlat, choʻyan va rangli metallarni kesishda flyus qoʻllaniladi. Flyus sifatida metall va metalmas material kukunlari ishlatiladi. Kislorod bilan kesish k.da metallar maxsus asbob — kislorodli keskich bilan qoʻlda yoki mashinada kesiladi. Kislorod bilan kesish k. mashinasozlik, qurilish, metallurgiya va boshqa sohalarda qoʻllaniladi.

Manbalar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz