Kirstie Levell
Kirstie Levell (talaffuzi: Kristi Level; 1997-yil 7-yanvarda tugʻilgan) — Angliya ayollar superligasining „Leicester City“ klubi darvozaboni. Angliyani 17 yoshgacha, 19 yoshgacha va 23 yoshgacha himoya qilgan.
Klublardagi faoliyati
Everton
"Everton" yoshlar safida tarbiyalangan Levell 18 yoshida 2015-yilgi FA WSL mavsumida asosiy jamoada debyut qildi. Debyut mavsumida 16 ta oʻyinda maydonga tushdi va „koʻklar“ning asosiy darvozaboniga aylandi. Levell 2017-yil bahorgi seriyasida asosiy darvozabon boʻlgan. „Everton“ WSL 2 chempionligini qoʻlga kiritganida barcha 9 oʻyinda oʻynagan va 7 ta gol oʻtkazib yuborgan. Everton rahbariyati darvozabonlar orasida raqobat muhitini shakllantirish uchun Lizzie Durack bilan shartnoma imzoladi va Levell kam maydonga tusha boshladi. 2019—2020-yilgi mavsumda „Everton“ Finlandiya terma jamoasi aʼzosi Tinja-Riikka Korpela va Angliya yoshlar terma jamoasi aʼzosi Sandy Makiver bilan shartnoma imzoladi va Levellni uchta Liga kubogi oʻyinlari bilan chekladi. 2020-yilning 28-mayida Levell shartnoma muddati tugaganidan keyin „Everton“ni tark etgani tasdiqlandi.
Leicester City
22-avgust kuni Levell 2020—2021-yilgi mavsum oldidan Angliya ayollar chempionatining „Leicester City“ klubiga oʻtishini eʼlon qildi. Levell 2015-yil sentyabrida vafot etgan akasi xotirasiga 28-raqamli futbolkani tanladi.
Levell 2020—2021-yilgi ayollar oʻrtasidagi Angliya chempionatida „Leicester City“ jamoasi bilan birga gʻolib chiqdi.
Terma jamoalardagi faoliyati
Levell 2013-yilgi UEFA 17 yoshgacha boʻlgan ayollar oʻrtasidagi chempionatida Angliyani 17 yoshgacha boʻlgan terma jamoasida himoya qilgan. Levell, shuningdek, 2014-yilgi UEFA U-19 ayollar chempionatida Angliya U19 va Angliya U23 terma jamoasida oʻynagan.
2022-yildan boshlab Levelll Shotlandiyaga terma jamoasiga kirish huquqiga ega edi va uning Football Hub nashriga bergan intervyusida Shotlandiya terma jamoasida oʻynashi u uchun afzalligi haqida taʼkidladi.
Yutuqlari
Klub
Everton Leicester City Individual
Manbalar
uz.wikipedia.org