Kirsten van de Ven




Kirsten Johanna Maria van de Ven (1985-yil 11-mayda tugʻilgan) — sobiq gollandiyalik professional futbolchi. Professional faoliyatidan oldin u Qoʻshma Shtatlarda kollej futbolida oʻynagan. Professional darajada u Gollandiya ligasida (Eredivisie) Villem II Tilburg va FK Tvente va Shvetsiya ligasida (Daallsvenskan) Tyresö FF va FC Rosengård uchun oʻynagan. U Shvetsiya va Gollandiya klublarida unvonlarni qoʻlga kiritgan, xalqaro oʻyinchi sifatida Gollandiya ayollar milliy futbol jamoasi aʼzosi boʻlgan va 2009 va 2013-yillarda UEFA ayollar chempionati va 2015 FIFA ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatida oʻz mamlakati sharafini himoya qilgan.

Klubdagi karyerasi



Dastlabki yillar va kollej futboli



Heesch shahrida tugʻilgan u faolyatini mahalliy havaskorlar klubi Heesche Voetbal Club Heesch (HVCH) boshladi, F4 dan A1 jamoasiga oʻgʻil bolalar jamoalarida oʻynadi. 2004-yilda, 19 yoshida, u Qoʻshma Shtatlarga koʻchib oʻtdi va birinchi navbatda Quinnipiac Bobcats jamoasida kollej futbolida oʻynay boshladi, u yerda 2004-yilgi Shimoliy- Sharqiy Konferensiya mavsumida 18 ta oʻyinda 12 ta gol urdi. Shu yili u yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Kollejdagi faoliyatining qolgan uch yilini Florida shtati Seminollarida NCAA darajasida, Hermann Trophy gʻolibi Mami Yamaguchining jamoadoshi sifatida oʻynadi. Seminollar safida u 2005-06-yilgi mavsumda 18 ta oʻyinda 5 ta gol, 2006/07-yilgi mavsumda 24 ta oʻyinda 1 ta gol va 2007/08-yilgi mavsumda 26 ta oʻyinda 7 ta gol urgan.

Professional



2007-yil oxirida u Gollandiyaga qaytib keldi va 2008-yil yanvar oyida oʻzining professional faoliyatini boshladi, 2007-08-yilgi Erediviziya mavsumining ikkinchi yarmida Villem II Tilburg uchun oʻynay boshladi va jamoaning ikkinchi oʻrinni egallashiga yordam berdi. 2009-yil dekabr oyida u 2010-yilning mart oyidan boshlab Shvetsiyaning yangi ligasi (Damallsvenskan) Tyresö FF klubiga qoʻshilishi eʼlon qilindi.

Tyresö FFda, 2011 va 2012-yillarda Shvetsiya kubogi gʻolibi boʻlganidan soʻng, mavsumning soʻnggi turida chempionlik raqibi LdB FC Malmyoni 1:0 hisobida magʻlub etib, 2012-yilda Damallsvenskanni qoʻlga kiritdi. Uchrashuvning 82-daqiqasida gol urdi. Natijada Tyresö FF toʻplar nisbati boʻyicha chempionlikni qoʻlga kiritdi, chunki ikkala jamoa ham mavsumni 55 ochko bilan yakunlagan edi. 2013-yilda Shvetsiya Superkubogini penaltilar seriyasida Kopparbergs/Göteborg FCga boy berganiga qaramay u UEFA Ayollar Chempionlar Ligasida debyut qildi va 2013-14 yilgi mavsumning 1/16raundida gol urdi hamda jamoaning yanada rivojlanishiga yordam berdi.

2013-yil dekabr oyida Tyresö FFda toʻrt yil oʻtkazganidan va ligada 79 ta oʻyinda 39 ta gol urganidan soʻng, u Damallsvenkan raqiblari LdB FC Malmö (keyinchalik FC deb oʻzgartirildi) bilan yangi ikki yillik shartnoma imzolagani eʼlon qilindi.. Klub bilan oʻynagan ikki mavsumda u ikki marta Damallsvenkanni (2014 va 2015), 2015-yilda Shvetsiya Superkubogini qoʻlga kiritgan va 2014-15- yillarda Shvetsiya kubogi sohibi boʻlgan. Shuningdek, u Chempionlar ligasi musobaqalarida klub uchun 9 ta oʻyin oʻtkazdi va 2 ta gol urdi.

U 2016-yil yanvar oyida oʻz vataniga qaytib, Gollandiya chempioni „Tvente“ bilan 2015-16 Erediviziya mavsumining ikkinchi yarmini oʻynash uchun yarim yillik shartnoma imzoladi. Gollandiya chempionligini qoʻlga kiritgach, 2016-yilning 23-mayida u futboldan ketishini eʼlon qildi.

Xalqaro karyera



U 17 yoshgacha va 19 yoshgacha boʻlganlar (shu jumladan, 2003-yilgi 19 yoshgacha boʻlgan ayollar oʻrtasidagi UEFA chempionati) orasida Gollandiya terma jamoalarida oʻynagan.

2004-yil 6-avgustda u Niderlandiya terma jamoasida bosh murabbiy Remy Reynierse qoʻl ostida debyut qildi va Zeistda Yaponiyaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida 0:2 hisobida magʻlub boʻldi. U 2007-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati saralash bosqichida oʻynagan.

Murabbiy Vera Pauw tomonidan UEFA Ayollar oʻrtasidagi Yevro-2009 milliy terma jamoasida boʻlish uchun tanlab olingan, 2009-yil 23-avgustda u turnirning ochilish oʻyinida Ukraina ustidan 2:0 hisobida gʻalaba qozongan va Gollandiya terma jamoasining asosiy oʻyinida debyut golini kiritgan. Uning turnirdagi ikkinchi goli Gollandiyaning ikkinchi oʻyinida, turnir mezboni Finlandiyaga 1:2 hisobida magʻlub boʻlgan amlaga oshiriligan. U Gollandiyaning barcha musobaqalarida beshta oʻyin oʻtkazib, jamoaga yarim finalga chiqishga yordam bergan.

2013-yil iyun oyida milliy terma jamoa bosh murabbiyi Roger Reijners uni Shvetsiyada boʻlib oʻtadigan UEFA Ayollar oʻrtasidagi Yevro-2013 musobaqasi uchun 23 nafar futbolchi roʻyxatiga kiritilgan.

U murabbiy Roger Reijners tomonidan 2015-yilgi ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati uchun Gollandiya terma jamoasiga chaqirilgan. Turnirda u guruh bosqichida mezbon Kanada bilan 1:1 hisobida durang natija qayd etilgan va Yaponiyaga 1:2 hisobida magʻlub boʻlingan oʻyinlarda ishtirok etgan.

Jahon chempionatidan koʻp oʻtmay, 2015-yil 23-oktabrda Arjan van der Laan bosh murabbiyligida u milliy terma jamoadagi 87-chi va soʻnggi oʻyinida, " Stad Jan-Buen " stadionida Fransiyaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida (2:1) maydonga tushdi. U terma jamoa safida 18 ta gol urgan.

Xalqaro maydondagi gollar




Shaxsiy hayoti



Qoʻshma Shtatlarda kollej futbolida oʻynab, u psixologiya boʻyicha mutaxasislikni egallagan. Keyinchalik u Tilburg universitetida mehnat va tashkiliy psixologiya boʻyicha magistrlik darajasini ham tamomlagan.

Yutuqlar




Tyresö FF

FK Rosengård

FK Twente

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz