Kirov tumani





Kirov tumani (qozoqcha: Киров ауданы) — Qozogʻiston SSRning Janubiy Qozogʻiston (Chimkent) viloyati va Oʻzbekiston SSRning Sirdaryo viloyati tarkibidagi 1940—1997-yillarda mavjud boʻlgan maʼmuriy birlik.

Tarixi



Kirov tumani 1940-yil 29-iyulda Qozogʻiston SSR Janubiy Qozogʻiston viloyati tarkibida tashkil etilgan. Tuman markazi Bagʻara qishlogʻi belgilangan.

1944-yil may oyida Omongeldi, Kalinin, Molotov, Ilichyov qishloq sovetlari yangi tuzilgan Ilich tumaniga oʻtkaziladi.

1951-yil maʼlumotlariga koʻra, tuman tarkibiga 4 ta qishloq sovetlari kirgan: Jambul, Internatsional, Kirov va Frunze.

1956-yil 27-aprelda Qizilqum tumani Kirov tumani bilan birlashtirilgan.

1962-yil 9-iyulda tuman markazining nomi Kirov nomiga oʻzgartirildi.

1963-yil 26-yanvarda tuman O‘zbekiston SSR Sirdaryo viloyatiga o‘tkazildi.

1971-yil 28-iyunda tuman Qozogʻiston SSR Chimkent viloyatiga oʻtkaziladi.

1996-yil 9-oktyabrda tuman Asiqata tumani nomiga oʻzgartiriladi.

1997-yil 24-aprelda Asiqata tumani tugatilib, hududi Maqtaaral tumaniga oʻtkazildi.

Aholisi




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz