Kirill Pankov




Kirill Dmitriyevich Pankov (1995-yilda tugʻilgan, Toshkent, Oʻzbekiston) — oʻzbekistonlik suzuvchi-paralimpiyachi, Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi. 2016-yilgi yozgi Paralimpiya oʻyinlari kumush medali sovrindori, 2012-yilgi Yozgi Paralimpiya oʻyinlari ishtirokchisi, Yozgi Paraosiyo oʻyinlari gʻolibi va sovrindori.

Sport faoliyati



Oʻn yoshidan boshlab Toshkentda otasi Dmitriy Pankov qoʻl ostidai suzish bilan shugʻullana boshlaydi. 2012-yildan buyon suzish boʻyicha Oʻzbekiston paralimpiya terma jamoasi tarkibida xalqaro musobaqalarda ishtirok etib keladi. 2012-yilda u Londonda (Buyuk Britaniya) yozgi Paralimpiya oʻyinlarida qatnashib, S13 toifasida 100 metrga batterflyay usulida suzishda oltinchi oʻrinni egalladi va Osiyo rekordiga ega boʻldi.

2014-yilda Inchxon shahrida (Koreya Respublikasi) boʻlib oʻtgan yozgi Paraosiyo oʻyinlarida u 50 m S13, 100 m S13, 100 m S13 va 200 m S13 masofalarga suzishda toʻrtta oltin medalni qoʻlga kiritdi. 2016-yilda Rio-de-Janeyroda (Braziliya) boʻlib oʻtgan Yozgi Paralimpiya oʻyinlarida S13 toifasida 100 metrga batterflyay usulida suzishda kumush medalni olishga musharraf  boʻldi. Oʻsha yili Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning farmoni bilan Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi unvoni berilgan.

2018-yilda Jakartada (Indoneziya) boʻlib oʻtgan yozgi Paraosiyo oʻyinlarida S13 toifasida 100 metrga chalqancha suzishda birinchi oʻrinni egalladi va 100 metrga batterflyay usulida S13 suzishda kumush medalni qoʻlga kiritdi. 2019-yilda Londonda (Buyuk Britaniya) boʻlib oʻtgan paralimpiya suzish boʻyicha jahon chempionatida u brass va batterflyay usulida 100 metr masofaga suzish boʻyicha beshinchi oʻrinni egalladi.

Tarjimai hol



Kirill Toshkentda tugʻilgan. Bolaligidan koʻrish bilan bogʻliq muammolari bor. 2011-yilda u oilasi bilan Murmanskga (Rossiya), keyinchalik esa Kola shahriga koʻchib oʻtdi. Maktabni tugatgach, u Sankt-Peterburgdagi Lesgaft universitetiga oʻqishga kiradi.

Mukofotlari




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz