Kirill Gotovets




Kirill Gotovets (talaffuzi: Kril Gotovets) (1991-yil 25-iyunda tugʻilgan) —belaruslik professional xokkey oʻyinchisi. Kirill Gotovets hozirda Kontinental Xokkey Ligasi (KHL) vakili „Dynamo Moscow“ xokkey jamoasida oʻynaydi. Kirill Gotovets 2010-yilgi IIHF jahon chempionatida Belarussiya milliy erkaklar xokkey terma jamoasi tarkibida ishtirok etgan edi.

Oʻyin faoliyati



Kirill Gotovets 2010-yildan 2014-yilgacha Cornell universiteti xokkey klubida toʻrt yil oʻynagan. Kirill Gotovets „Tampa Bay Lightning“ xokkey klubi tomonidan 2009-yilgi NHL kirish loyihasining yettinchi bosqichida 183-oʻrindagi tanlov asosida tanlandi.

2013-yilning 2-aprelida Kirill Gotovets Philippe Paradis evaziga „Chicago Blackhawks“ xokkey klubi safiga almashtirildi. Keyingi yili 2014-yil 21-iyulda Gotovets „Blackhawks“ xokey klubi filiali „Rockford IceHogs“ xokkey klubi bilan bir yillik AHL shartnomasini imzoladi.

„IceHogs“ xokkey klubi bilan ikki mavsumdan soʻng, Kirill Gotovets 2016-yil 28-iyulda Kontinental Xokkey Ligasi vakili „Dinamo Minsk HC“ xokkey klubi bilan erkin agent sifatida bir yillik shartnoma imzoladi. Keyingi 2016—2017-yilgi mavsumda Gotovets klub safida 5 ochko uchun 24 oʻyinda maydonga tushdi.

2017-yil 10-iyulda Gotovets Shimoliy Amerikaga qaytishni tanladi va Kanadaning „Winnipeg Jets“ xokkey klubi filiali „Manitoba Moose“ xokkey klubi bilan bir yillik AHL shartnomasiga rozi boʻldi. 2017—2018-yilgi mavsumda Gotovets klub safida 57 oʻyinda maydonga tushib, 13 ochko toʻplagan edi.

2018-yil 28-may kuni Gotovets erkin agent sifatida oʻz shahri klubiga, KHLning „Dinamo Minsk“ xokkey klubiga ikki yillik shartnoma asosida qaytishni tanladi.

„Dinamo“ bilan shartnomasi tuzilganidan soʻng, Kirill Gotovets KHLda davom etdi va 2020-yil 12-mayda bir yillik shartnoma asosida Rossiyaning „Avangard Omsk“ xokkey klubiga qoʻshildi.

Gotovets „Avangard Omsk“ xokkey klubi safida ikki mavsum oʻynadi. U 2021-yilda Gagarin kubogiga daʼvogarlik qildi, keyin klubni erkin agent sifatida tark etdi va 2022-yilning 2-mayida „Dynamo Moscow“ xokkey klubi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi.

Xalqaro oʻyinlardagi faoliyati



Gotovets 2014-yilgi IIHF jahon chempionatida qatnashish uchun Belarussiya erkaklar milliy xokkey terma jamoasi safiga kiritildi.

Faoliyat statistikasi



Muntazam mavsum va pley-off oʻyinlari




Xalqaro




Mukofot va unvonlar




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz