KIR, kichik kir (? — miloddan avvalgi 401) — Kichik Osiyodagi Lidiya, Buyuk Frigiya, Kappadokiyaning noibi (satrapi) (408 yoki 407-401). Doro II ning o’g’li. 404 yil birodari Artakserks II Axomaniylar davlatiga podshoh bo’lgach, hokimiyatni qo’lga olishga harakat qilgan. Kir 401 yil katta qo’shin to’plab, Artakserks II ga qarshi Sarddan Bobil tomon yurish boshlagan. Ammo Kunaks bo’sag’asidagi jangda halok bo’lib, qo’shini mag’lubiyatga uchragan. Bu voqealar Ksenofontning “Anabasis”ida bayon etilgan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish