Kipp effekti
Kipp effekti (latent effekti) — metallograf bosib chiqarish yordamida yashirin tasvirlarni yaratish usulidir. Varaq aks ettirilgan yorugʻlikda oʻtkir burchak ostida koʻrilganda tasvir koʻrinish imkoniyatiga ega boʻladi. Ushbu effektga bir xil relyefli kichik kenglikdagi parallel chiziqlarning yashirin (latent) tasviri tufayli erishiladi. Bu relyefda oldingi chiziklar fon chiziqlariga perpendikulyar holda joylashadi.
Banknotning yoʻnalishiga qarab tasvirlar toʻqroq yoki och boʻlishi mumkin. Effekt qimmatli qogʻozlarni qalbakilashtirishdan himoya qilish usullaridan biri sifatida ishlatiladi. Koʻrish burchagiga qarab oldingi yoki orqa fon ochroq tusda boʻladi. Ushbu xavfsizlik elementining kamchiligi oddiy foydalanuvchi uchun uni payqash oson emasligidir.
Kipp effekti, masalan, Rossiya rublida qoʻllaniladi. Shunday qilib 100 rubllik banknotning old tomonining pastki qismida burchakdan qaralganda PP harflari paydo boʻlib, ular yoʻnalishiga qarab toʻqroq yoki ochroq rangga aylanadi.
Manbalar
Adabiyotlar
Havolalar
uz.wikipedia.org