KIPLING (KIPLING) JOZEF REDYARD



KIPLING (KIPLING) JOZEF REDYARD (1865.30.12, Bombey – 1936.18.1, London) — ingliz yozuvchisi. Yoshligi Hindistonda o’tgan. “Mahkama qo’shiqlari” (1886) she’riy to’plami, “tog’ hikoyalari” (1888) va “uch soldat” (1888) novellalari, “Nur so’ndi” (1890), “kim” (1901) romanlarida Britaniya harbiy kuchlari, ingliz- sakson “tsivilizasiya”si madh etilgan. “Kazarma qo’shiqlari” (1892), “yetti dengiz” (1896), “besh millat” (1903) she’riy to’plamlarida oddiy kishilar hayoti va fidoyiliklari tasvirlangan. Qo’shiqlari xalq og’zaki ijodi uslubiga yaqin. Bolalar haqidagi “dovyurak dengiz sayyohlari” (1897), “shunchaki ertaklar” (1902) qissalari, Maugli sarguzashtlariga bag’ishlangan “Jungli Kitobi” (1-kitob, 1894; 2-kitob, 1895) keng tarqalgan. “Rikki-Tikki-Tavi” (1964), “Maugli” (1974) va boshqa asarlari o’zbek tiliga tarjima qilingan. Kipling asarlari asosida bolalar uchun multfilmlar yaratilgan. Nobel mukofoti laureati (1907).

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz