Kion Etete




Kion Reece Etete (talaffuzi: Kion Ris Etete) (2001-yil 28-noyabrda tugʻilgan) — angliyalik professional futbolchi. Kion Etete „Cardiff City“ futbol klubida hujumchi sifatida oʻynaydi.

Oʻyin faoliyati



Kion Etete „Notts County“ futbol klubining yoshlar jamoasida tarbiyalangan. Kion Etete „Nutts County“ futbol klubi safidagi (asosiy jamoa) ilk oʻyinini 2018-yil 9-oktyabr kuni „Newcastle United“ futbol klubiga jamoasiga qarshi uchrashuvda oʻtkazgan. Bu uchrashuvda Kion Etete oʻyinning 76-daqiqasida zaxiradan Tyreece Kennedy-Williams oʻrniga maydonga tushirilgan.

2019-yilda Kion Etete "Tottenham" Hotspur" futbol jamoasi tarkibiga qoʻshilish uchun sinovdan oʻtdi. Shundan soʻng, Kion Etete yangi klub safida „West Ham United“ futbol klubiga qarshi oʻyinda ikkita gol urishga muvaffaq boʻldi. 2019-yil 7-iyun kuni „Notts County“ futbol klubi Twitter orqali Kion Etete klubdagi muvaffaqiyatli sinovdan soʻng „Tottenham Hotspur“ futbol klubi tarkibiga rasman qoʻshilganini eʼlon qildi.

2021-yil avgust oyi boshida Kion Etete „Tottenham Hotspur“ futbol klubi bilan 2023-yilgacha choʻziladigan yangi shartnoma imzoladi va 2021—2022-yilgi mavsum uchun Kion Etete „Northampton Town“ futbol klubiga ijaraga berildi. Kion Etete „Northampton Town“ futbol klubidagi ilk oʻyinini 2021-yil 11-avgust kuni „Coventry City“ futbol klubiga qarshi oʻyinda (2:1 hisobida gʻalaba) oʻtkazdi.

2022-yilning yanvarida Kion Etete Birinchi liga vakili „Cheltenham Town“ futbol klubiga ijara shartnomasi asosida qoʻshildi.

Shaxsiy hayoti



Kion Etete Angliyada tugʻilgan. Kion Etetening otasi nigeriyalik, onasi esa ingliz hisoblanadi.

Statistika




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz