Kio




Kio - koʻzboyloqchi (illyuziyachi) sirk artistlari oilasi. Emil Teodorovich (asl fam. Girshfeld — Renard) [1894.30.3 (11.4), Moskva — 1965. 19.12, Kiyev; Moskvada dafn etilgan] — Rossiya xalq artisti (1958). Koʻzboyloqchilik tomoshalarining yaratuvchisi, sirk apparaturalari (asboblari)ning konstruktori. Uning oʻgʻillari: Emil Emilovich (1938.12.7) — Rossiyada xizmat koʻrsatgan artist (1972). Sirkda 1961-yildan otasi bilan, 1966-yildan mustaqil ishlaydi. Igor Emilovich (1944.13.3) — Rossiyada xizmat koʻrsatgan artist (1980). Sirkda 1956-yildan otasi bilan, 1966-yildan mustaqil ishlaydi. 1977-yilda Oskar mukofotini olgan.

Manbalar





uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz