Kintana-Roo





Kintana-roo — Meksika shtati, Yukatan yarim orolda. Maydoni 50,4 ming km². Aholisi 873,8 ming kishi (2000), asosan, mayya indeyslari. Maʼmuriy markazi — Chetumal shahri Yer yuzasi tekislik, ohaktoshlardan tuzilgan, karst hodisasi keng tarqalgan. Oʻrtacha oylik temperatura 24°, yiliga oʻrtacha 1350 mm yogin yogʻadi. Tropik sernam urmonlar bilan qoplangan. Meksikaning alohida ajralgan olis shtatlaridan. Aholining katta qismi oʻrmonchilik bilan shugʻullanadi. Chikle sharbati yigʻish uchun qoʻshni shtatlardan ham indeyslar keladi. Rio-Ondo daryosi xavzasida yogʻoch-taxta tayyorlanadi. Katta maydonlardagi oʻrmonlarni yoqib dehqonchilik qilinadi. Muhim transport aloqalari Merida — Chetumal shosse yoʻli orqali amalga oshiriladi.

Manbalar






uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz