Kinopovest




Kinopovest — kinoshunoslikning termini, kinonovellaga nisbatan murakkab va kengroq epiklikka
ega boʻlgan kino asari. Kinopovestda personajlar miqdori, ularga xos
xarakter xislatlari batafsilroq yoritiladi. Shuning uchun ham
kinopovestning kompozitsiyasi murakkab xarakterga ega boʻladi.

Keyingi yillarda bu termindagi asosiy urgʻu povestga
qaratilmoqda. Chunki ayrim yozuvchilar kinematografiya terminlarini
qoʻllagan holda maxsus ssenariy shaklida povestlar yaratmoqdalar.
Kinopovest terminini biror muallifning kino sanʼati uchun yozgan
ssenariy xarakteridagi asariga yoki sof adabiy janr boʻlmish
povestlarning ekranlashtirilgan variantlariga nisbatan qoʻllash
maqsadga muvofiqdir.

Oʻxshash maqolalar




Manbalar



Jahon adabiyoti terminlarining izohli lugʻati

uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz