Kinomatografiya sanʼati va fanlari akademiyasi




Kinomatografiya sanʼati va fanlari akademiyasi (ingl. The Academy of Motion Picture Arts and Sciences, AMPAS; Kinomatografiya akademiyasi va Akademiya nomlari ostida ham mashhur)- kinomatografiya sanʼati va fanlarini rivojlanishiga bagʻishlangan nufuzli tashkilot. Tashkilotning korporativ boshqaruvi va umumiy siyosati boshqaruv kengashi tomonidan olib boriladi.

Akademiya oʻzining yillik Academy Awards sovrini bilan dunyoda mashhurlik qozongan, hozirda rasman va ommatan Oskar nomi bilan ataladigan sovrin.

Bundan tashqari Akademiya har yili kinomatografiyadagi yutuqlar uchun "Governors Awards", talabalar uchun "Student Academy Awards" kabi taqdirlash marosimlarini oʻtkazadi.

Akademiya 2021-yil Los Angeles shahrida oʻzining kinomatografiya muzeyiga asos soladi

Tarixi



Kinomatografiya sanʼati va fanlari akademiyasining gʻoyasi "Metro-Goldwyn-Mayer"(MGM)ning rahbari Louis B. Mayerga tegishli. U kinostudiyalarni rivojlanishiga va ragʻbatlanishiga hissa qoʻyuvchi tashkilot kerakligini angladi. Dastlab u bu gʻoyani aktyor Conrad Nagel, rejissor Fred Niblo va prodyusser Fred Beetson bilan maslahatlashdi. Bu uchrashuvdan soʻng,1927-yil 11-yanvar kuni, u rasmiy ravishda sanʼatning barcha sohalaridan 36ta professional ijodkorlarni Los Angelesdagi Ambassador Hotel mehmonxonasiga bazmga taklif etadi.Shu kunda Kinomatografiya sanʼati va fanlari akademiyasiga asos solindi.Oʻsha bazmda qatnashgan oʻttiz olti kishi rasman Akademiyaning asoschilari deb hisoblanishadi. 1928-yilda yetti kishidan tashkil topgan kommitet mukofotlarni 12 kategoriya asosida taqdim qilishni taklif qiladi.1929-yil 16-may sanasida Akademiya tarixida birinchi marotaba taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

Akademiyaning asoschilari



Aktyorlar




Prodyuserlar

Rejissorlar

Akademiyaning Prezidentlari



Prazidentlar bir yil muddatga saylanishadi va ular ketma-ket to‘rt muddatdan ortiq saylanishi mumkin emas.

Havolalar




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz