Kinojurnal




Kinojurnal (kino... va jurnal) — kundalik turmush va xalqaro ijtimoiy-siyosiy voqealarga bagʻishlab davriy chiqarib turiladigan kinofilm turi.

Oʻzbekistonda 1960-yilgacha "Oʻzbek Davlat kinojurnali", "Sovet Oʻzbekistoni", "Ordenli Oʻzbekiston" va boshqa K.lar chiqarilgan. 60—70-yillardan "Oʻzbekiston hujjatli va ilmiy-ommaviy filmlar kinostudiyasi" ularning oʻrniga kinoalmanaxlar chiqardi, hozir esa faqat hujjatli filmlar, shuningdek, "Nashtar", "Zumrasha" hajviy K.lari ishlanmoqda.

Manbalar





uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz