King devid




King devid — kuzgi olma navi. Oʻzbekistonga AKShdan keltirilgan (Jonatan va Arkanzas blok navlarini chatishtirib chikarilgap). R. R. Shreder nomidagi Bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy tadqiqot institutida navga ilmiy tavsif berilgan. Amerika va Yevropa bogʻdorchiligida kuzgi, tez hosilga kiradigan va serhosil nav sifatida keng tarqalgan. Daraxti oʻrta boʻyli, shoxshabbasi siyrakroq. Koʻchati oʻtqazilgach, kuchsiz oʻsadigan payvandtaglarda 3—4yili, kuchli payvandtaglarda 6— 7-yili hosilga kiradi. Aprel oʻrtalarida gullaydi. Mevasi oʻrtacha (90— 100 g.), chiroyli, toʻq malina-qizgʻish rangda, bilinar-bilinmas och sariq nuqtalari bor. Eti och sariq, qattiq, sersuv, nordon-shirin, xushboʻy. Mevasi kam toʻkiladi. Mevasi avgustning birinchi dekadasida teriladi, dekabrgacha mazasi buzilmay yaxshi saqlanadi. Uzoq joylarga joʻnatishga yaroqli.

Manbalar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz