Kimyoviy qurol
Kimyoviy qurol — bu raketalar, minalar, aviatsion bombalar yordamida ishlatiladigan zaharlovchi vosita hisoblanadi. Yadroviy va biologik qurollar bilan bir qatorda ommaviy qirgʻin qurollariga kiradi. Shuningdek yondiruvchi aralashmalarni ham kimyoviy qurollarga bogʻlashadi.
Shuningdek, kimyoviy qurollar ommaviy qirgʻin qurollari turlaridan biri. Shikastlash taʼsiri kimyoviy zaharlovchi moddalar (ZM) ning zaharlash xossalariga asoslangan. Asosiy tarkibiy qismlari — jangovar kimyoviy moddalar (zarin, Y-gazlar va boshqalar) hamda ularni qoʻllash vositalari — raqstalarning ZM toʻldirilgan jangovar qismlari, artilleriya snaryadlari, minalar, aviatsiya bombalari, kassetalar, fugaslar, granatalar va boshqalar. Ular aviatsiya, turli moslamalar, purkagich va aerozol generatorlar yordamida ham tarqalishi mumkin. Shikastlovchi taʼsiri qancha vaqt saqlanishiga qarab, Kimyoviy qurollar turgʻun (bir necha soat, sutka, hafta, oylab saqlanadigan) va noturgʻun (bir necha minut saqlanadigan) turlarga boʻlinadi. Kimyoviy qurollar, asosan, dushmanning jonli kuchlari (qoʻshin)ga qarshi ishlatish uchun moʻljallanadi, lekin tinch aholiga, hayvonot dunyosiga ham xavf tugʻdiradi, atrof-muhitni zaharlaydi, ekinzorlarni nobud qiladi.
Kimyoviy qurol turlari
Kimyoviy qurollar quyidagi xususiyatlariga koʻra farqlanadi:
Zahrlovchi moddalarning taʼsir turi ham keng:
Shuningdek, yana psixokimyoviy qurollar ham mavjud boʻlib, ular, odamni oʻlimga olib kelmay, balki, vaqtinchalik psixik oʻzgarishlar, masalan behushlik, uyquchanlik, eshitish qobiliyatining yoʻqolishi, vasvasa, vaqtinchalik koʻrish qobiliyatining yoʻqolishi kabi holatlarni keltirib chiqaradi. Bunday kimyoviy qurollardan koʻpincha gʻarb mamlakatlari politsiyasi ichki tartibsizliklarni tinchitishda foydalanadi. Bunday moddalar turkumiga xinuklid-3-benzilat (BZ) va lizergin kislotasi dietilamidi kiradi.
Kimyoviy qurolni qoʻllash tarixi
Kimyoviy qurollar nemis armiyasi tomonidan 1915-yyilda Ikri (Belgiya)dagi jangda qoʻllanilgan. Keyinchalik boshqa armiyalar ham qoʻllay boshladi. Kimyoviy qurollar Jeneva bayonnomasi (1925) bilan taqiqlangan. Biroq baʼzi tajovuzkor mamlakatlar bu bayonnomani bir necha bor buzishgan (masalan: AQSH Koreya va Vyetnamda, Isroil Livanda Kimyoviy qurollarni qoʻllagan).
Qrim urushida (1854-yil) Sevastopol qamali vaqtida ingliz harbiylari maxsus qoʻlansa moddalar — odorantlardan foydalanishgan (sassiq qoʻzan effekti). Vyetnam urushida esa AQSH armiyasi defoliant moddalarni qoʻllagan. Bunda Vyetnam ozodlik armiyasi yashiringan qalin changalzorlardagi barglarni toʻkish maqsadi boʻlgan boʻlsa ehtimol.
I jahon urushida kimyoviy qurollar qoʻllash boshlanganida, ular jang nuqtai nazaridan kam samarali boʻlib chiqdi. Kimyoviy qurolning taʼsir samarasi koʻp jihatdan ob havoga — shamolmimg yoʻnalishi va kuchiga bogʻliq edi. Qoʻllovchi tarafning oʻzi ham oʻz kimyoviy qurolidan jiddiy talofotlar koʻrardi va anʼanaviy artilleriyadan kam foyda keltirardi. Keyingi urushlarda esa I jahon urushidagidek katta miqiyosda kimyoviy qurollar qoʻllanilmagan boʻlsa-da baribir alohida holatlarda ulardan foydalanish kuzatilgan.
Masalan:
Kimyoviy quroldan foydalanishni taʼqiqlash
Kimyoviy quroldan foydalanishni bekor qilishga, bir necha xalqaro kelishuvlarga orqali urinib koʻrilgan.
Ulardan dastlabkisi 1889-yilgi Gaaga konvensiyasi boʻlib, uning 23 moddasida „Qoʻllanishning yagona maqsadi faqat tirik dushmanni oʻldirish boʻlgan harbiy aslahalarni taʼqiqlash“ga xalqaro miqiyosda kelishilgan. Keyinchalik, I jahon urushidagi ayanchli asoratlarni inobatga olgan holatda, 1925 yilda Kimyoviy qurollardan foydalanishni taʼqiqlovchi Jeneva konvensiyasi qabul qilindi. 1993-yilga kelib esa, Kimyoviy qurolni yaratish, ishlab chiqarish, toʻplash va amalda qoʻllashni taʼqiqlash hamda, mavjud kimyoviy qurollarni yoʻq qilish maqsadida yana bir maxsus xalqaro konvensiya qabul qilindi.
Parij konvensiyasi (1993)ga muvofiq, Kimyoviy qurollar zahiralari butunlay yoʻqotilishi lozim. Ular inson salomatligi va tabiat uchun oʻta xavfli boʻlganligidan ularning zahiralarini yoʻqotish ishlari maxsus obʼyektlarda amalga oshiriladi. 1993-yil maʼlumotlariga koʻra, Kimyoviy qurollar zahiralari Rossiya (sobiq Ittifoq) da 40 ming tonnani, AQSH da 29 ming tonani tashkil etgan. Ikkinchi jahon urushida nemislardan qolgan (trofey) Kimyoviy qurollar zahirasi (taxminan 300 ming tonna) dengizga choʻktirib yuborilgan.
Kimyoviy qurollar bugungi kunda
Hozirda jahon boʻyicha barcha hududlarda kimyoviy ommaviy qirgʻin qurollari maxsus xalqaro rezolyutsiyalar bilan taʼqiqlangan. Urush harakatlarida har qanday turdagi kimyoviy quroldan foydalanish 1993-yildagi xalqaro kelishuvga koʻra qatʼiy toʻxtatilgan. Biroq, shunga qaramay, soʻnggi vaqtlarda taʼqiqlangan kimyoviy qurollarning jang harakatlarida qoʻllanilayotganligi haqidagi xabarlar gʼarb OAVlari boshchiligida, tobora koʻp tarqatilmoqda. Xususan, 2011-yilda boshlangan „Arab bahori“ inqilobiy toʻlqini taʼsirida, Suriya mamlakatida avj olgan ichki qurolli mojaro jahon afkor ommasining diqqat eʼtiborida boʻlib turibdi. Hukumat kuchlari va qurollngan jangarilar ortasida muttasil davom etayotgan harbiy toʻqnashuvlarda, taraflarning qaysi biri qoʻllagani nomaʼlum boʻlsa-da, janglarda kimyoviy qurol — Zarin gazidan foydalanilgan.
Manbalar
Yana qarang
uz.wikipedia.org
Sun'iy intellekt javobi:
Kimyoviy qurol – bu insonlarga yoki hayvonlarga zarar yetkazish uchun kimyoviy moddalardan foydalaniladigan qurol. Kimyoviy qurollar odatda gaz, suyuq yoki qattiq holatda bo‘lishi mumkin bo‘lgan zaharli kimyoviy birikmalardan iborat bo‘lib, ular odamlarning sog‘lig‘iga jiddiy zarar yetkazadi yoki o‘limga olib kelishi mumkin.
Kimyoviy qurollarning turlari
- Sinaptik qazlar (nerve agents): Masalan, sarin, VX, tabun. Bu moddalar asab tizimiga ta’sir qilib, o‘pka to‘lgani, mushaklar falaj holatiga tushishi yoki o‘limga olib keladi.
- Klo‘r qazlari va bo‘tqa qazlari: Masalan, xlor, fosgen. Bu qazlar o‘pka va nafas yo‘llarini shikastlaydi, nafas olishni qiyinlashtiradi.
- Qattiq zaharlar: Masalan, iperit (sarflangan gaz). Bu kimyoviy modda teri va shilliq qavatlarini kuyish va zararlanishiga olib keladi.
- Kuyuqlantiruvchi moddalar: Bu guruh kimyoviy kuyishlarga sabab bo‘luvchi moddalardan iborat.
Tarixi
Kimyoviy qurollar tarixda birinchi marta Yevropada Birinchi Jahon Urushi (1914-1918) davrida keng qo‘llanilgan. Urushda harbiy maqsadlarda zaharli qazlar va gazlar qo‘llangan. Bu qurollarning nomutanosib zarar keltirishi va insoniylikka zidligi sababli xalqaro darajada taqiqlashga harakatlar boshlandi.
Xalqaro huquq va taqiq
Kimyoviy qurollarning keng tarqalishini oldini olish uchun 1997-yilda Kimyoviy qurollarga oid Konvensiya (Chemical Weapons Convention, CWC) qabul qilindi. Ushbu konvensiyaga ko‘ra kimyoviy qurollarni ishlab chiqarish, saqlash va qo‘llash qat’iyan taqiqlanadi. Bugungi kunda ko‘plab mamlakatlar ushbu konventsiyani imzolagan va kimyoviy qurollardan voz kechgan.
Xavflari va zarar
Kimyoviy qurollar juda xavfli, chunki:
- Ularning ta’siri tez va kuchli bo‘ladi.
- Ular odamlar, hayvonlar va atrof-muhit uchun zararli.
- Ularni aniqlash va qarshi kurashish qiyin.
- Kimyoviy moddalarning ta’siridan qutulish uchun tibbiy yordam zarur va ko‘p hollarda bu kech bo‘lishi mumkin.
Xulosa
Kimyoviy qurollar insoniyat uchun jiddiy tahdid bo‘lib, ularni taqiqlash va yo‘q qilish yuzasidan xalqaro hamkorlik muhim hisoblanadi. Ularning qo‘llanilishi inson huquqlariga, tinchlik va xavfsizlikka qarshi tahdid sifatida baholanadi.