Kimura choy marosimi muzeyi




Kimura choy marosimi muzeyi (yaponcha: 木村茶道美術館 Kimura sado: bidzyutsikan) — Yaponiyaning Kasivadzaki shahridagi (Niigata prefekturasi) yapon choyi marosimiga bagʻishlangan muzeydir. Muzey 1984-yil 3-noyabrda ochilgan.

Muzey tarixi



Sobiq ingliz tili oʻqituvchisi Shigeyoshi Kimura (Kankoan) Kasivadzaki shahridagi choy marosimining taniqli targʻibotchisi va oʻqituvchisi edi. Uning shaharda choy muzeyini tashkil etish gʻoyasi darhol shahar turizm qoʻmitasi, shahar hokimi va tadbirkorlar tomonidan har tomonlama qoʻllab-quvvatlandi. Qisqa vaqt ichida muzey fondiga 100 million iyenaga yaqin mablagʻ yigʻildi.

Ekspozitsiyasi



Muzey anʼanaviy yapon meʼmorchiligi binosida joylashgan boʻlib, choy marosimi zali, ikkita koʻrgazma zali (62 va 51 m²) va ochiq havoda choy ichish ayvonini oʻz ichiga oladi. Dastlab, muzey kolleksiyasi Kimura tomonidan shaxsan yigʻilgan ashyolardan iborat edi. Ayni paytda muzey ekspozitsiyasida 103 ta artefaktlar mavjud: 78 choy piyola va suv idishlari, gul vazalar, choy qadoqlari, xushboʻy tutatqi idishlari, qadimiy rasmlar va xattotlik sanʼati asarlari. Ekspozitsiya yiliga ikki marta yangilanadi. Muzeyning oʻziga xos jihati shundaki, muzey buyumlari tashrif buyuruvchilar tomonidan choy marosimlarida foydalaniladi.

Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz