Kimberly J. Brown
Kimberly Jean Brown — amerikalik aktrisa boʻlib, tomoshabinlarga Debbie Reynolds bilan birga rol oʻynagan Halloweentown filmlarida oʻsmir jodugar Marnie Piper obrazi bilan tanilgan. Marnie rolini ijro etishdan oldin Brown oʻzining „Guiding Light“ filmidagi Marah Lewis roli bilan hsm mashhur boʻlgan. Bu rolni oʻz zimmasiga olgan uchinchi aktrisa va Stephen King tomonidan yozilgan original miniserial — „Rose Red“ Annie Wheaton roli. U, shuningdek, mashhur „Tumbleweeds“ filmida ham rol ijro etgan.
Faoliyati
Brownning karyerasi u juda yosh boʻlgan paytlarda boshlangan. Brown 11 yoshga toʻlganida, allaqachon Ford Models bilan bolakay model sifatida muvaffaqiyat qozongan. Bir nechta Broadway shoularida ishtirok etgan va „Guiding Light“ pyessasida ijro etgan Marah Lewis obrazi uchun Emmy nominatsiyasiga sazovor boʻlgan. U shuningdek, dublyaj aktrisasi sifatida ish ham topadi. Brown oʻz ovozini reklama roliklariga, "A Bugʻs Life" va Vampire Princess Miyuning inglizcha dubliga beradi.
2021-yil may oyida u General Hospital serialining aktyorlar tarkibiga qoʻshilganligi eʼlon qilinadi.
Boshqa tashabbuslari
Brown va doʻsti Etsy CraftilyCreative doʻkonini boshqarishadi. U turli xil narsalarni, jumladan Halloweentown mavzusiga oid mahsulotlarni sotadi.
2016-yilda Brown hammuallif Diane Yslas bilan birga Halloween bayramiga bagʻishlangan „Poppinʼs Pumpkin Patch Parade“ nomli bolalar kitobini nashr etadi.
Shaxsiy hayoti
2016-yilda u Halloweentown II: Kalabar's Revenge filmidagi hamkasbi Deniel Kountz bilan Brownning YouTube kanali uchun Halloweentown mavzusida yangi loyiha boshlash maqsadida qayta aloqaga chiqadi va ular tez orada uchrasha boshlaydilar. 2022-yil iyun oyida Brown Daniel Kountz bilan unashtirilganliklarini eʼlon qiladi.
Filmografiyasi
Filmlarda
Televizion rollari
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org