Kimberly Guilfoyle




Kimberly Enn Guilfoyle (1969-yil 9-martda tug'ilgan) - amerikalik televizion yangiliklar jurnalisti. U AQShning 45-prezidenti Donald Trumpning maslahatchisi bo'lib ham ishlagan.

Guilfoyle "Kaliforniya universiteti"da, Devisda va San-Fransisko universitetlarida tahsil olgan. San-Fransisko va Los-Anjelesda prokuror bo'lgan. U 2000-yildan 2004-yilgacha San-Fransiskoda tuman prokurori yordamchisi bo'lgan. Guilfoyle demokrat siyosatchi va bo'lajak Kaliforniya gubernatori Gavin Newsomga turmushga chiqdi va Newsomning ushbu shahar meri bo'lgan ikki yili davomida San-Fransiskoning birinchi xonimi bo'lgan edi. U Respublikachilar partiyasi a'zosi va 2018-yildan beri kichik Donald Trumpning qiz do'sti bo'lgan.

U 2006-yildan 2018-yilgacha "Fox News" telekanalida ishlagan va internetda "The Five" ko'rsatuvlarini olib borgan. Keyinchalik u 2018-yilgi saylovlarda respublikachilar uchun saylovoldi tashviqotini olib borish maqsadida, Trumpni qoʻllab-quvvatlovchi "PAC"ga tegishli boʻlgan "America First Policies" tashkilotiga qoʻshildi.

Yoshligi va ma'lumoti



Guilfoyle 1969-yil 9-martda San-Fransiskoda tug'ilgan. Uning otasi irlandiyalik bo'lib, onasi Puerta Rikodan edi. U katolik bo'lgan. Uning yoshligi San-Fransiskoning Missiya okrugi va Deyli Sitida o'tgan. 

Guilfoylening onasi Mercedes yoshligida maxsus fanlardan dars bergan. Uning onasi Guilfoyle 11 yoshida leykemiyadan vafot etdi. Uning otasi Anthony "Toni" Guilfoyle Irlandiyaning Kler okrugidagi Ennis shahrida tug'ilgan va 1957-yilda 20 yoshida Qo'shma Shtatlarga ko'chib ketgan. 1958-yilda, hali Irlandiya fuqarosi bo'lganida, u AQSh harbiy xizmatiga chaqirildi va to'rt yilni AQSh armiyasida o'tkazdi. Armiyadan bo'shatilgandan so'ng, Toni Guilfoyle qurilish hunarmandchiligida ish boshladi. Keyinchalik u ko'chmas mulk sarmoyachisiga aylandi va 2008-yildan vafot etgunga qadar Nyusom Mayorning yaqin maslahatchisi bo'ldi.

Guilfoyle San-Fransiskodagi "Mercy High School" va Kaliforniya universiteti tamomlagan va 1994- yilda San-Fransisko universiteti huquq fakultetida yuridik doktori unvonini olgan. Huquq fakultetida o'qiyotganida, u San-Fransisko tuman advokatining ofisida stajirovka o'tkazdi va Macy'sda va kelinlar jurnali uchun modellik qildi.

Keyinchalik u Irlandiyadagi Dublin Triniti kollejida tahsil oldi. U yerda Guilfoyle xalqaro bolalar huquqlari va Yevropa Iqtisodiy Hamjamiyatining qonunchiligi boʻyicha o'zining ilmiy ishlarini nashr etdi.

Faoliyati



Qonun himoyachisi



Huquq fakultetidan soʻng Guilfoyle davlat maktabi okrugida dars berdi va qisqa muddat San-Fransiskoda prokuror boʻlib ishladi. Biroq 1996-yilda Terens Hallinan tuman prokurori etib saylangach va shaharning 14 nafar prokurori ishdan boʻshatilgan vaqtda, u ishini yoʻqotdi.

Keyin Guilfoyle Los-Anjelesda okrug prokurorining o'rinbosari sifatida to'rt yil davomida kattalar va voyaga yetmaganlar ishlari, jumladan, giyohvandlik, uydagi zo'ravonlik, odam o'g'irlash, talonchilik, o't qo'yish, jinsiy zo'ravonlik va qotillik ishlari bo'yicha ishladi. U Los-Anjeles okrug prokuraturasida ko'plab muvafaqqiyatlarni qo'lga kiritadi.

2000-yilda Guilfoyle San-Fransisko okrug prokuraturasiga Hallinanga qayta ishga qabul qilindi. U yerda 2000-yildan 2004-yilgacha tuman prokurorining yordamchisi bo'lgan. Bu vaqt ichida u 2002-yilda Jeyms Hammer bilan birgalikda dunyoga ovoza bo'lgan Noel va Kollerning jinoyati ustida ishlagan.

Mediya va siyosat




Kinolarda suratga tushishi



Guilfoyle 2004-yilda suratga olingan “Happily Even After” filmida Ed Asner va Shirley Templening jiyani Marina Black rolida jamoat himoyachisi rolini oʻynagan. Film Tribeca kinofestivalida namoyish etildi.

Televidineyada



2004-yil yanvar oyida Guilfoyle Nyu-Yorkga ko'chib o'tdi va "Court TV"da "Both Sides" dasturini olib bordi. "Anderson Cooper 360°"da yuridik tahlilchi sifatida ishladi.

U 2006-yil fevral oyida "Fox News" telekanaliga "The Lineup" shousining boshlovchisi sifatida qo'shildi. Shou bekor qilindi. Guilfoyle tarmoqning doimiy ishtirokchisi bo'lib qoldi va keyinchalik 2011-yilda "The Five" dasturining boshlovchisi sifatida qabul qilindi. U 2018-yilgacha shouda boshlovchilik qildi. 2014-yilda u bosh boshlovchilik qila boshladi. 2018-yilning iyunigacha ellikga yaqin epizod uchun Outnumberedda chiqishlar qildi. Guilfoyle, shuningdek, har hafta takrorlanadigan "Bu qonuniymi?" deb nomlanuvchi "The O'Reilly Factor" shousida qatnashdi. 2017-yilda shou bekor qilinmagunicha ishladi. Brayan Kilmeadning Kilmeade va Friends radio-shousida haftalik dasturda mehmon sifatida ishladi. Guilfoyl mehmon boʻlgan quyidagi dasturlar bor edi:“Hanniti”, “Sudya Jeanine with Judge Jeanine” va “Fox va Friend”.

2017-yilning yarmiga kelib Guilfoyl "Fox" bilan shartnomani uzoq muddatga uzaytirdi. Bir yil o'tgach, 2018-yil iyul oyida Guilfoyle kutilmaganda "Fox Newsni" tark etdi. Keyinchlalik u Donald Trumpni qo'llab-quvvatlovchi "PAC" dasturi uchun ishlay boshladi. "HuffPost"ning xabar berishicha, u "Fox Newsni"dan ketishidan oldingi vaqtida bir yil davomida, jinsiy zo'ravonlik bo'yicha tergov ishlarini yoritib borganligi uchun "Fox Newsni" rasmiylari Guilfoylega ultimatum qo'ygan edi. "Fox Newsni" iyul oxirigacha iste'foga chiqishini yoki ishdan bo'shatilishini ma'lum qilgan edi. Keyinchalik "The New Yorker" Guilfoyl o'z xohishiga ko'ra ketmaganini va aksincha iste'foga chiqishga majbur bo'lganligi haqidagi xabarlarni tasdiqladi.

Guilfoyle ketganidan so'ng, "Fox News" Guilfoyl jinsiy zo'ravonlikda ayblagan yordamchi bilan suddan tashqari kelishuvga erishdi. Shartlari oshkor etilmadi, biroq "The New Yorker" xabariga koʻra, kelishuv kamida 4 million dollarni tashkil qilgan. Yordamchining ta'kidlashicha, Guilfoyle tez-tez o'zini yalang'och qilib ko'rsatgan, jinsiy aloqada bo'lgan erkaklarning jinsiy a'zolarining fotosuratlarini ko'rsatib maqtagan va undan Guilfoylening kvartirasida birgalikda dam olishni so'ragan. "The New Yorker" gazetasi yordamchining bir qancha ayblovlarini mustaqil ravishda tasdiqladi.

Ijodi



2015-yilda Guilfoyle oʻzining yoshlik davri, o'smirligi, prokuror boʻlib ishlagani va odamlarni har doim oʻz huquqlari va manfaatlarini himoya qilishga chaqiruvchi keng tajribasiga bagʻishlab, “Making the Case: How to Be Your Own Best Advocate” nomli yarim avtobiografik va maslahat kitobini chiqardi.

Trump ma'muriyati va "Trump 2020" saylov kampaniyasi




2016-yil dekabrida Guilfoyle prezident Donald Trumpning matbuot kotibi sifatida koʻrib chiqilayotgani xabar qilingandi. Ammo Shean Spicer bu lavozimga birinchi nomzod hisoblangan va yakunda tanlangan. 2017-yil 12-may kuni "The Five" nashri boshlovchisi Bob Beckel Guilfoyle ishni rad etganiga ishora qildi. Biroq, 2017-yil 15-may kuni "Bay Area News Group"ga bergan intervyusida Guilfoyle Spicer isteʼfoga chiqqanidan keyin Oq uy bilan aloqada boʻlganini tasdiqladi. "Men vatanparvarman va vatanga xizmat qilish sharafdir", degan edi Guilfoyle. "Menimcha, bu ajoyib ish bo'lardi, bu qiyin ish va sizga haqiqatan ham qat'iyatli va diqqatni jamlagan, bu lavozimni egallash uchun u yerda chuqur bilimga ega ajoyib muloqotchi va yordamchi kerak". Biroq, 2019-yilda may oyida Guilfoyle "Fox" bilan shartnoma imzolaganini aytdi. Bu esa Oq uyni rad etganini ko'rsatdi. Bir oy o'tgach, u "Fox" bilan shartnomasini uzaytirdi.

2018-yilda "The Washington Post" Guilfoyleni "Prezident Tramp uchun quvnoq konservativ" deb ta'riflagan.

2020-yilda Guilfoyle Trump xususiy firmasining moliya qoʻmitasi raisi boʻlishi haqida xabar berilgandi.

2020-yil boshidan boshlab Trump kampaniyasi Guilfoylega kampaniya menejerining xususiy kompaniyasi "Parscale Strategy" orqali oyiga 15 000 dollar toʻlab turardi. Guilfoyle maslahatchi mansabini o'z zimmasiga olgan. "Trump 2020" saylov kampaniyasida Guilfoyle mablag' yig'ish bo'limini boshqargan. Ushbu bo'linma sotsialist Somers Farkasga pul to'plab berishi kerak edi. Guilfoyle tomonidan boshqariladigan mablag' yig'ish bo'limi, tajribali xodimlarning ketishi va mas'uliyatsiz sarf-xarajatlarda ayblovlari sababli ichki tartibsizliklarda qolgan edi.

2020-yil avgust oyida Respublikachilar milliy konferensiyasida Guilfoyle nutq soʻzladi. Guilfoylening nutqi ba’zi kuzatuvchilar keraksiz darajada baland ovozda aytilgan deb ta’riflagan boʻlsa-da, boshqalari ommaviy axborot vositalarida esa buni ehtirosli deb ta’riflashgan. Uning onasining kelib chiqishi Puerto-Rikodan bo'lishiga qaramay, o'zini birinchi avlod amerikalik deb ta'riflagani uchun uni tanqid qilishdi. Biroq, u otasi tomonida birinchi avlod amerikalik hisoblanadi.

2021-yil yanvar oyida Guilfoyle Kapitoliyga hujumga olib kelgan “Amerikani qutqarish marshi”da chiqish qilish uchun Vashingtondagi Ellips maydonida Prezident Trump, kichik Donald, Rudi Juliani, Erik Tramp va boshqalarga qoʻshildi. Guilfoyle Kapitoliydagi norozilik namoyishini tashkil qilishda ishtirok etgan. Guilfoyle shuningdek, kichik Donald tomonidan namoyish etilgan marshning videosida ko'rinish bergan, u Trumpni qo'llab-quvvatlovchi mitinglarda namoyishkorona raqsga tushdi va quyidagi gaplarni aytgan: "Jasoratli bo'ling, to'g'ri ish qilish uchun jang qiling!”.

Shaxsiy hayot



2001-yilda Guilfoyle o'sha paytda San-Fransisko shahar nazoratchisi bo'lgan Gavin Newsomga turmushga chiqdi. Newsom 2003-yilda San-Fransisko meri etib saylangan. Newsom bilan turmush qurganida, u Kimberli Guilfoyle Newsom nomini oldi. 2005-yil yanvar oyida Guilfoyle va Newsom birgalikda ajrashish uchun ariza berishdi. Ularning ajrashishlari 2006-yil 28-fevralda boʻlgan.

2006-yil 27-mayda Barbadosda Guilfoylega mebel merosxo'ri Erik Villencyga turmushga chiqdi. Guilfoyle 2006-yil 4-oktabrda Ronan Anthony ismli oʻgʻil tugʻdi. 2009-yil iyun oyida Guilfoyle va Villency ajralishlarini e'lon qilishdi. Ularning ajrashishi o'sha yilning oxirida yakunlandi.

2018-yil iyun oyida ajrashish uchun uch oy oldin ariza bergan Vanessa Trump, Guilfoyle oʻzining ajrashgan eri kichik Donald Tramp bilan uchrashayotganini tasdiqladi. Tramplarning ajrashishi 2018-yilda boʻlgan. 2019-yil oʻrtalarida Guilfoyle va kichik Tramp birgalikda 4,4 dollarga "The Hamptons" uyini sotib olishdi. 2021-yil mart oyida 8,14 million dollarga sot. 2021-yil mart oyida Guilfoyle va kichik Trump Florida shtatining Yupiter shahridan birgalikda 9,7 million dollarlik uy sotib oldi. Guilfoyle va Tramp 2020-yil 31-dekabrda unashtirildi. Ammo unashtirilganlik haqidagi xabarlar 2022-yilning yanvarigacha eʼlon qilinmadi.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz