Kimberlin Brown
Kimberlin Ann Brown Pelzer (1961-yil 29-iyunda tugʻilgan) — amerikalik televideniye aktrisasi, 1990-yildan boshlab CBS telekanalining kunduzgi The Young and the Restless va „The Bold and the Beautiful“ serialida Sheila Carter roli bilan tanilgan.
Faoliyati
Brown oʻz karyerasini model sifatida Parij, Tokio va Milanda boshlagan. Keyinchalik u Los Angelesga qaytib keladi va ABC telekanida efirga uzatilgan Fantasy Island serialining epizodida televizion debyutini amalga oshiradi. Keyinchalik Brown „Back to School“ (1986), „Eye of the Tiger“ (1986), „Who's That Girl“ (1987) and „18 Again!“ (1988), shuningdek, 1987-yilda Capitol tv serialida oʻzining seriallardagi debyutini amalga oshiradi. Keyinchalik u Santa-Barbarada Candace Durrell/Danielle Steele rolini gavdalantirdi.
Browndan 2010-yil boshida The Young and the Restless tashkilotiga qaytishni soʻrashgan edi, ammo, keyinchalik uni olib tashlashgan. U 2010-yil oktyabr oyida "All My Children" filmida qisqa muddat davomida hakam sifatida faoliyat yuritadi. 2011-yilga kelib Brown Gregori J. Martinning The Bay veb-serialida paydo boʻladi. U psixiatr doktor Grace Drumni tasvirlaydi. Aktrisa birinchi marta yozgi maxsus „Far From The Bay“ kartinasida paydo boʻladi hamda serialning ikkinchi mavsumida davom etadi. Brown 2017—2018-yillarda va 2021-yil avgustida B&Bda Sheyla rolida koʻrinish beradi.
Brown va uning eri Gary Pelzer kichik biznes egalari sifatida Californiada avokado yetishtiruvchi fermaga egalik qiladilar va boshqaradilar.
Siyosatda
Brown Respublikachilar partiyasi aʼzosidir. 2016-yilda Brown 2016-yilgi Respublikachilar milliy qurultoyida Donald Tramp rasman partiyadan AQSh prezidentligiga nomzod sifatida koʻrsatilgan kechada maʼruzachi sifatida nutq soʻzlagan. Oʻz nutqidan soʻng, Brown Fox Business Networkda Donald Trampni qoʻllab-quvvatlagani, uning siyosati uning karyerasiga qanday taʼsir qilishi va anjumanda maʼruzachi boʻlishi eʼlon qilinganidan beri unga qanday munosabatda boʻlishi haqida juda hayajonlangan ohangda taʼkidlab oʻtadi.
2017-yil oktabr oyida Brown 2018-yil noyabrida boʻlib oʻtadigan saylovda demokrat Raul Ruizga raqiblik qilib, Californianing 36-kongress okrugi uchun respublikachi sifatida oʻz nomzodini rasman eʼlon qiladi. U saylovlarda 40,98 foiz ovoz toʻplagan holda Ruizning 59,2 foiz yiqqan ovozidan ortda qoladi.
Shaxsiy hayoti
Brown Californianing Hayward shahrida tugʻilgan va San-Diegoda oʻsib ulgʻaygan. U 1991-yil may oyidan beri Gary Pelzer bilan oila qurib, birga yashab kelmoqda. Ularning ikki farzandi bor: Alexes Marie va Nicholas.
Filmografiyasi
Filmlarda
Televizion rollari
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org