Kimberli (kon)




Kimberli — JARning Kap provinsiyasi shim.dagi olmos konlari guruhi. Kimberli sh. yonida 1867-yilda tasodifan topilgan. Mayd. 195 ming m2 gacha. 5 yirik (Kimberli, De-Birs, Vesselton, Byultfonteyn va Dyutoytspan) va 10 dan ortiq mayda olmos konlaridan iborat. Olmosli trubkalarning koʻndalang kesimi 15 m dan 800 m gacha. Chuqurlashgan sayin trubkalarda olmos kam uchraydi. Dyutoytspan trubkasi eng katta kon hisoblanadi. Olmos donalari 550—750 m chuqurlikdan olinadi, ularning yarmisi texnik olmoslardir. Rangi sariq, baʼzan yashil. K. konlarining eng muhim xususiyatlaridan biri, u yerdan olinadigan olmoslar koʻp qismining vazni 200 karat (40 g) dan ortiq boʻlishidir. "Premyer" konida dunyoda eng yirik 3106 karatli "Kullinan" olmosi topilgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz