Kimaklar xoqonligi




Kimaklar xoqonligi  — Irtish daryosi boʻylarida va hozirgi Qozogʻistonning shim. — sharqiy mintaqalarida 9-asrning boshlarida vujudga kelgan yirik koʻchmanchi davlat. K.x.ga 7 qabila: imi, imak, tatar, baandur (boyondur), qipchoq, laniqazi, ajat kirgan. K.x. tarkibida keyinchalik turklashib ketgan moʻgʻul qabilalari ham boʻlgan. „Hudud ul-olam“ asari (Yu-a.)da koʻrsatilishicha, K.x. podshosi „xoqon“ (yamal paygʻu) deb atalib, u merosiy boʻlgan, uning yerlari 11 viloyatga boʻlingan. Viloyatni maxsus hokim (malik) idora etgan. K.x.dagi soliq toʻlovchilar lavozimi merosiy boʻlgan. 10-asr oʻrtalarida K.x. Jan. Ural togʻining jan.-gʻarbiy qismini, Emba va Ural daryo vodiylarini egʻallab, Kaspiy dengizi sohillariga chiqqan. 11-asr boshida kimaklarning gʻarbiy guruhi (qipchoqlar) Sirdaryoning quyi va oʻrta oqimlarini egʻallagan. 11-asr boshlarida ichki qaramaqarshiliklarning keskinlashishi, qipchoqlarning boshqa qabilalar ustidan hukmronlik qilishga intilishi tufayli K.x. yemirilib, uning hududidagi barcha qabilalar qipchoqlarga tobe boʻlgan.

Adabiyot




Manbalar






uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz