Kim Young-gwon
Kim Young-gwon (koreyscha: 김영권, hanja: 金英權, koreyscha talaffuzi: [ki.mjʌŋ.ɡwʌn] yoki [Kim.jʌŋ.ɡwʌn]; 1990-yil 27-fevralda tugʻilgan) — janubiy koreyalik professional futbolchi. Young-gwon Ulsan Hyundai va Janubiy Koreya milliy futbol jamoasida markaziy himoyachi sifatida oʻynaydi.
Yoshligi
Young-gwon Chonju shahrida tugʻilgan. U oʻrta maktabda oʻqib yurganida, unchalik maqtovga sazovor emas edi, chunki murabbiylar uning yengil harakatlarini kamchilik deb bilishgan. Milliy yoshlar terma jamoasi menejeri Hong Myung-bo jamoasi bilan suhbatlashish uchun Young-gwonning oʻrta maktabiga tashrif buyurganida, Young-gwon professional futbolchi boʻlish haqida oʻylashni boshladi.
Young-gwon Jeonju universitetida kollej futboli va futzal oʻynagan. 2009-yilda u Koreya futbol assotsiatsiyasining futzal ligasida ishtirok etib, chempion va eng yaxshi toʻpurarga aylandi. Young-gwonning futzaldagi faoliyati uning futboldagi texnikasiga katta yordam berdi.
Klubdagi faoliyati
2010-yilda Young-gwon J1 ligasi jamoasi FC Tokyoga qoʻshildi va professional faoliyatini boshladi. U birinchi katta golini 2010-yil J. Liga kubogida Kyoto Sanga FCga qarshi oʻyinda toʻgʻridan-toʻgʻri jarima zarbasi orqali kiritdi. Birinchi mavsumidan soʻng Young-gwon Omiya Ardijaga oʻtdi, chunki Tokyo FC ligada 16-oʻrinni egallab, ikkinchi darajaga tushib ketdi.
2012-yilning iyul oyida Young-gwon Xitoy Super ligasi vakili Guangzhou Evergrandega oʻtdi. U Guangzhou Evergrandening eng yaxshi davriga hissa qoʻshib, xorijlik futbolchining qadrini koʻrsatdi. Guangzhou Evergrande Young-gwon bilan dastlabki toʻrt yil davomida (2013—2016) ikkita AFC Chempionlar ligasidan tashqari toʻrtta chempionatning barchasida gʻalaba qozongan va Young-gwon ham har yili „Yil jamoasi“ uchun tanlangan. Biroq, jarohati va 2017-yildan beri CSLda Osiyo kvotasi olib tashlanganligi sababli Young-gwon Guangzhoudagi taʼsirini yoʻqotdi.
Xalqaro faoliyati
Young-gwonning birinchi xalqaro turniri Universiada kechgan edi. U 2009-yilgi yozgi Universiadada Janubiy Koreya Universiadasi jamoasi tarkibida o‘ynagan.
2009-yilgi FIFA 20 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi Jahon chempionatida Young-gwon Janubiy Koreyaning 20 yoshgacha boʻlganlar terma jamoasining doimiy markaziy himoyachisi boʻlgan, guruhning soʻnggi, AQShga qarshi oʻyinda gol urgan va natijada Janubiy Koreya pley-off bosqichiga chiqqan.
Young-gwon shuningdek, futzal boʻyicha Janubiy Koreya terma jamoasi safida 2009-yilgi yopiq inshootlardagi Osiyo oʻyinlarida ham ishtirok etgan.
Young-gwon Janubiy Koreyaning 23 yoshgacha boʻlganlar terma jamoasi bilan 2010-yilgi Osiyo oʻyinlarida bronza medalini qoʻlga kiritgan. Keyinchalik u 2011-yilgi Osiyo kubogi uchun asosiy roʻyxatga kiritilgan, ammo Young-gwon yakuniy tarkibga tanlanmagan.
2012-yilgi yozgi Olimpiada oʻyinlarida Janubiy Koreyaning futbol boʻyicha olimpiya terma jamoasi futbol boʻyicha birinchi Olimpiada medalini qoʻlga kiritib, uchinchi oʻrinni egalladi. Young-gwon bronza medali sohiblari orasida eʼtiborga molik futbolchi sifatida koʻrsatildi.
Young-gwon Janubiy Koreya terma jamoasining 2014-yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionati oʻyinlari uchun tarkib aʼzosi bo‘lgan va jamoaning barcha guruh o‘yinlarida maydonga tushgan. Janubiy Koreya Rossiya bilan durang oʻynadi, guruh bosqichida Jazoir va Belgiyaga magʻlub boʻldi. Young-gwonning himoyasi bu safar yaxshi chiqmadi, ayniqsa jazoirlik futbolchilarga qarshi yaxshi oʻyin koʻrsatmagan.
2015-yil AFC Osiyo kubogida Young-gwon 2015-yilning 26-yanvarida Janubiy Koreya terma jamoasi Iroq terma jamoasini 2:0 hisobida magʻlubiyatga uchratgan oʻyinda ikkinchi golni urdi va bu mamlakat terma jamoasini 1988-yildan beri birinchi marta Osiyo kubogi finaliga olib chiqdi. Biroq, Janubiy Koreya finalda Avstraliyaga yutqazib, kubokni qoʻlga kirita olmadi.
Young-gwon Janubiy Koreya terma jamoasining 2018-yilda Rossiyada bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha Jahon chempionati uchun terma jamoasiga kiritildi. U toʻrt yil avvalgidan farqli oʻlaroq ajoyib oʻyin koʻrsatdi va Janubiy Koreya himoyachilarining buyuk yetakchisiga aylandi. Qolaversa, guruhning soʻnggi, Germaniyaga qarshi oʻyinida Young-gwon 91-daqiqada amaldagi jahon chempionlarini nokautga uchratdi va bir necha daqiqadan soʻng Son Heung-min ikkinchi golni urdi.
Shaxsiy hayoti
2014-yilda Young-gwon Pak Se-jin bilan turmush qurdi. Young-gwon va Pakning uchta farzandi, bir qizi va ikki o‘g‘li bor. Young-gwon ikki katta farzandi bilan "The Return of Superman" filmining bir nechta epizodlarida mehmon sifatida ishtirok etgan.
Faoliyat statistikasi
Klub
2022-yil 18-sentabr holatiga koʻra[14][15]:
Xalqaro
2022-yil 23-sentabr holatiga koʻra[16]:
Yutuqlari
Jeonju universiteti Guangzhou Evergrande Gamba Osaka Janubiy Koreya U23 Janubiy Koreya Individual Manbalar
uz.wikipedia.org