Kim Ye-won




Kim Ye-won (1989-yil 5-dekabrda tugʻilgan), Yewon nomi bilan tanilgan, janubiy koreyalik aktrisa va qoʻshiqchi. U 2011-yilda „Jewelry“ K-pop qizlar guruhi aʼzosi sifatida debyut qilgan. Qoʻshiqchilik faoliyati bilan bir qatorda, u televideniyeda dramalar, sitkomlar va estrada shoularida paydo boʻlgan. „Jewelry“ 2015-yil boshida tarqatib yuborilganidan soʻng, Kim "We Got Married " realiti-shousining toʻrtinchi mavsumiga qoʻshilgan va u yerda qoʻshiqchi Genri Lau bilan juftlik boʻlgan. Uning „Star Empire Entertainment“ kompaniyasi bilan shartnomasi 2016-yil oktyabr oyi oxirida tugashi tasdiqlangan. Keyinchalik u 2016-yil noyabr oyida „Jellyfish Entertainment“ kompaniyasi bilan shartnoma imzolagan.

Yoshligi va taʼlimi



Kim Ye-won Janubiy Koreyaning Janubiy Jeolla provinsiyasida tugʻilgan. Kim Myongji kollejida amaliy musiqa boʻyicha tahsil olgan. 

Faoliyati



Yewon oʻzining debyutini 2011-yil 8-yanvarda „Star Empire Entertainment“ning „Jewelry“ qizlar guruhida qilgan. „Back It Up“ raqamli singli 27-yanvarda unga ishlangan klip bilan birga chiqqan. Yewon ilk bor sahnada „M! Countdown“ shousida qatnashganda namoyon boʻlgan

2011-yil 20-sentabrda Yewon guruhdoshi Semi bilan birgalikda „Jewelry S“ deb nomlangan kichik guruhni tashkil qilgan. Ular „Ames Room Vol.2“ mini-allbomi va uning „Forget It“ qoʻshigʻi bilan bilan debyut qilishgan.

„Jewelry S“ bilan debyutidan koʻp oʻtmay, u „Invinsible Youth“ birinchi estrada shousiga taklif qilingan. Yewon shuningdek, „SBS Plus“ telekanali „Oh My God“ dramasida oʻzining birinchi aktrisalik rolini olgan. Yewon shuningdek, „Standby“ va „Reply 1997“ filmlarida kichik rollarni ijro etgan.

Yewon koreyscha dublyaj bilan „Gladiators of Rome“ filmida debyut qilgan.

2016-yil 13-dekabrda Seo In-guk, VIXX, Gugudan, Park Yoon-ha, Park Jung-ah, Kim Gyu-sun va Jiyul kabi „Jellyfish Entertainment“ning boshqa sanʼatkorlari bilan birgalikda „Jelly Christmas 2016“ singl albomini chiqargan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz