Kim Xyon Su




Kim Xyon Su (1921-yil 14-iyun, Koredi qishlogʻi, Olginskiy tumani, Primorsk oʻlkasi, Uzoq Sharq federal okrugi – 1989-yil 10-noyabr, Suronkent qishlogʻi, Yuqori Chirchiq tumani, Toshkent viloyati) – agronom, Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1951), Sverdlov kolxozi aʼzosi.

Hayoti



Kim Xyon Su 1921-yilda Olginskiy tumani, Koredi qishlogʻida dehqon oilasida tugʻilgan. Oʻrta maktabning 9-sinfini tamomlagan. U 1937-yilda Oʻzbekiston SSR Toshkent viloyatidagi maxsus posyolkaga surgun qilingan. 1943-yilda Qodiryo GESiga ishchi boʻlib ishlay boshlagan. U 1945-yilda Yuqori Chirchiq tumani Sverdlov nomidagi kolxoz aʼzosi aylanib, oddiy kolxozchi boʻlib ishlagan.

1950-yilda Kim Xyon Su jamoasi 9gektar maydonning har gektaridan oʻrtacha 90,7 sentnerdan yashil kenaf poyasi yigʻib oladi. SSSR Oliy Soveti Prezidiumining 1951-yil 22-maydagi farmoni bilan „1950-yilda kolxoz majburiy topshiriqlarni bajargani, sugʻoriladigan yerlarda yashil kenaf va barcha boshqa qishloq xoʻjaligi mahsulotlariga qoʻyilgan barcha rejalar bajarilgani, 1950-yilda MTS ishiga haq toʻlash va 1951-yil bahorgi ekish uchun toʻliq talab miqdorida barcha ekinlar urugʻliklarini tayyorlagani“ uchun Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni, Lenin ordeni va O‘roq va Bolg‘a oltin medali bilan taqdirlangan.

Kim Xyon Su 1951—1955-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi texnikumida oʻqigan. 1955-yilda Yuqori Chirchiq tumani Sverdlov nomidagi kolxozda oddiy kolxozchi, brigada yordamchisi, meva-sabzavotchilik brigadasi brigadiri, klub mudiri, bogʻbon, agronom-entomolog, agronom-urugʻchi, iqtisodchi kabi lavozimlarda ishlagan. U 1970-yilda Toshkent qishloq xoʻjaligi institutining sirtqi boʻlimini tamomlagan.

Kim Xyon Su 1975-yilda Ittifoq ahamiyatidagi nafaqaxoʻr sifatida nafaqaga chiqadi. Pensioner paytida, 1982—1983-yillarda Yuqori Chirchiq tumani Sverdlov nomidagi kolxoz issiqxona fermasi mudiri boʻlib ishlagan.

1989-yilning noyabr oyida Kim Xyon Su Yuqorichiq tumani Surankent qishlogʻida vafot etgan va Yuqorichirchiq tumani, Sverdlov nomidagi sobiq kolxoz qabristoniga dafn etilgan.

Mukofotlari




Adabiyotlar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz