Kim U Bin
Kim U Bin (Hangul: 김우빈; 1989-yil 16-iyulda tugʻilgan) — janubiy koreyalik aktyor. Faoliyatini model sifatida boshlagan va aktyor sifatida „White Christmas“ (tarjimasi: Oq Rojdestvo) teleserialida debyut qilgan. Keyinchalik „A Gentelman Dignity“ ("Jentelmenning qadr qimmati) (2012), „School 2013“ (Maktab 2013) (2012-2013), „Vorislar“(2013) dramalarida rol ijro etgan. 2016-yilda o‘zining birinchi bosh rolini „Uncontrollably Fond“ (Nazoratsiz oshiqlar) serialida ijro etgan.
Faoliyati
Kim U Bin oʻrta maktabda oʻqib yurganida modellik faoliyatini boshlashni orzu qilgan. 2009-yilda u model sifatida ilk bor podiumlarda yurgan. U Bin Seul moda haftaligi toʻplamlarida namoyon boʻla boshlagan.
Kim U Bin sahna nomi ostida u 2011-yilda aktyor sifatida „White Christmas“ sirli dramasida debyut qilgan va „Vampire Idol“ (Vampir aydol) sitkomida rol ijro etgan.
2012-yilda u taniqli ssenariy muallifi Kim Yong Suk tomonidan yozilgan „A Gentelman Dignity“ romantik komediya filmida ikkinchi darajali rolni ijro etgan.
Muvaffaqiyat unga 2013-yilda ikkita xit filmining namoyishdan keyin kelgan. Dekabr oyining oxiridan 2013-yil boshigacha u „School 2013“ oʻsmirlar dramasida suratga tushgan.
Oʻsha yili u Janubiy Koreyada va xalqaro miqyosda mashhur boʻlgan oʻsmirlar uchun "Vorislar" dramasida rol ijro etgan. Kim U Bin seraldagi roli uchun nafaqat Koreyada balki, butun dunyoda mashxurlikka erishgan.
2013-yilda taniqli shaxsga aylangan Kim katta ekrandagi loyihalarda paydo boʻlishni davom ettirgan. 2014-yil yanvar oyida u „Specialists“ filmida oʻgʻri rolini ijro etgan.
Kim U Bin Calvin Klein + Jewelry soatlari reklama kampaniyasida ham faoliyat yuritgan va bu brendni reklama qilgan birinchi Sharqiy Osiyo modeliga aylangan.
2013-yilda u Chonju universitetining faxriy elchisi etib tayinlangan.
2015-yilda Kim U Bin „CJ CGV arthouse CGV ARTHOUSE“ koʻrgazmalar tarmogʻining reklama elchisi etib saylandi.
2015-yilda Kim oʻzining birinchi „Fallout in Love“ melodramasida rol ijro etdi. Drama premyerasi 2016-yil 6-iyulda bo‘lib o‘tgan.
2017-yilda u „The Wire“ nomli jinoyat filmida rol ijro etgan. Kim U Bin saraton kasalligiga chalinib, davolanishni boshlagani sababli loyihani suratga olish ishlari toʻxtatilgan.
2017-yil aprel oyida u Pyonchxandagi 2018-yilgi qishki Olimpiya oʻyinlarining faxriy elchisi etib tayinlangan. Kim U Bin elchi etib saylangan ikkinchi aktyor edi va bu voqeani targʻib qilish uchun turli tadbirlarda qatnashishi kerak boʻlgan. Biroq, aktyor saraton kasalligini davolash tufayli tadbirlarda qatnashishdan bosh tortgan.
2017-yil 24-may kuni Kim U Binga nazofarengeal saratoni tashxisi qo‘yilgan. Agentlik aktyorning radiatsiya bilan davolashni boshlaganini va barcha faoliyatini vaqtincha to‘xtatishini maʼlum qilgan. 29-dekabr kuni Kim saraton kasalligini davolashni yakunlaganini eʼlon qilgan. U sogʻligʻining holati sababli harbiy xizmatdan ozod qilingan.
Shaxsiy hayoti
Kim U Bin modellik faoliyati davomida hamkasbi Lee Jong-suk bilan tanish boʻlgan, lekin „School 2013“ ni suratga olish jarayonida birga ishlab, yaqin doʻstlarga aylanishgan.
2015-yilning may oyidan beri Kim model va aktrisa Sin Min A bilan ishqiy munosabatda.
Manbalar
uz.wikipedia.org