Kim Sung-joo




Kim Sung-joo (1972-yil 10-oktyabrda tugʻilgan) – Janubiy Koreya teleboshlovchisi va sobiq suxandoni. Sobiq sport telelboshlovchisi. Ayniqsa, Dad! Where Are We Going? realiti shousi orqali tanilgan.

Bolaligi



Shimoliy Chungcheong provinsiyasida tugʻilib, oʻsgan. U Cheongju shahridagi oʻrta maktabda oʻqigan. Keyinchalik, Seulga koʻchib oʻtib, va u yerda Chung-Ang universitetini tamomlagan.

Faoliyati



Kim Sung-joo oʻzining radiodagi faoliyatini 1995-yilda KTV davlat telekanalida jamoatchilik eʼlonlari oʻquvchisi sifatida boshlagan. U Korea TV Sports (hozirgi SBS Sports) telekanalida keyin Munhwa Broadcasting Corporation (MBC)da ishlagan. Ayniqsa, 2002-yil va 2006-yilda boʻlib oʻtgan FIFA Jahon kubogi bahslarini yoritgan. 2007-yilda MBCdan ketib, frilanserlik sohasida faoliyatini olib bordi.
Kim frilanser sifatida Mnetʼs Superstar K va MBC’s King of Mask Singer qoʻshiq tanlovlaridan tortib, Please Take Care of My Refrigerator shousigacha boʻlgan turli mashhur estrada shoularini oʻtkazgan. Shuningdek, 2014-yilgi Qishki Olimpiada va 2016-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida mehmon sifatida sport translyatsiyasi sahnasiga qaytdi. 2012-yilda jurnalistlar uyushmasining davom etayotgan ish tashlashlar sababli Londondagi Olimpiadani yoritish uchun MBCga qaytgan.
2021-yilning 15-noyabrida Kim Kim Young-man, An Jung-hvan va Jung Hyung-dolar bilan birgalikda Matched Project (MCP) agentligiga asos soldi

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]
Kim universitetdagi sevgilisi bilan toʻqqiz yillik tanishuvdan soʻng, 2002-yilda unga uylandi. Ularning uch nafar farzandlari bor. Oʻgʻillari Min-guk va Min-yul va qizi Min-ju.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz