Kim So-hye
Kim So-hye (1999-yil 19-iyulda tugʻilgan), Sohye nomi bilan tanilgan, „S&P Entertainment“ komoaniyasi ostida shartnoma imzolangan janubiy koreyalik aktrisa va qoʻshiqchi. U "Mnet"ning K-pop qizlar guruhi tanlovi boʻyicha „Produce 101“ shousida beshinchi oʻrinni egallagani va „I.O.I“ qizlar guruhining aʼzosi boʻlgani hamda „Poetry Story“ (2017), „Kang Deok-soons Love History“ (2017) filmlaridagi rollari bilan mashhur.
Faoliyati
Aktyorlik kompaniyasidan kelgan Kim aktrisa boʻlish uchun mashgʻulotlarqilgan ammo, „Produce 101“ga qoʻshilishdan oldin qoʻshiq aytish va raqsga tushish tajribasiga ega emas edi. U musobaqada qatnashgan 101 ta qiz orasida beshinchi oʻrinni egallagan va „I.O.I“ guruhi aʼzosiga aylangan. „Redline Entertainment“ kompaniyasi, uni guruhda qisqa muddatli faoliyatidan soʻng aktyorlik mashgʻulotlarini davom ettirishini aytgan.
2016-yil iyun oyida Kim oʻzining „S&P (Shark & Penguin) Entertainment“ boshqaruv leyblini yaratgan. U, shuningdek, Seocho tumanida oʻzi va agentligi muxlislari bilan bogʻlanishi mumkin boʻlgan joyni taʼminlash uchun „Penguinʼs Café“ kafesini ochgan.
„I.O.I“ doirasidagi tadbirlarda ishtirok etishdan tashqari, Kim "MBC Every1" telekanalining "Star Show 360" va "SBS" telekanalining "Game show" shoularida muntazam boshlovchi boʻlgan.
2017-yilda Kim oʻzining „Poetry Story“ veb-dramasida aktyorlik debyutini qilgan. Oʻsha yili u oʻzining birinchi teledramasi „Kang Deok-soonning Love History“ filmida ayol bosh rolni ijro etgan.
2018-yilda Kim „Best chicken“ yoshlar dramasida ayol bosh rol obrazida namoyon boʻlgan.
2019-yilda Kim „Moonlit Winter“ melodrama filmida katta ekranda debyut qilishi tasdiqlandi. Kino tanqidchisi, kinojurnal eksperti va muxbir „Kim Sohye“ni 2019-yilning 7 ta eng yaxshi koreys aktrisasi, „Moonlit Winter“ filmini esa 2019-yilning eng yaxshi koreys filmlaridan biri deb tan olgan. Kim 2019-yil 9-sentabrda chiqarilgan „8BEAT“ albomi uchun Olltining „Press Start“ filmida suratga tushgan. Kim 2020 -yilda Li Shin Yon bilan birga "KBS" telekanalining „How to Buy a Friend“ serialida rol ijro etgan.
2021-yil 4-may kuni Kim So-hye va „I.O.I“ aʼzolari oʻzlarining 5 yillik debyut yilligini „Yes, I Love It!“ deb nomlangan jonli efir shousi bilan nishonladilar.
Manbalar
uz.wikipedia.org