Kim Seol-hyun
Kim Seol-hyun (1995- yil 3-yanvarda tugʻilgan),
Seolhyun mononimi bilan tanilgan, janubiy koreyalik qoʻshiqchi va aktrisa. U Janubiy Koreyaning „AOA“ qizlar guruhining aʼzosi boʻlib, „Orange Marmalade“ (2015), „My Country: The New Age“ (2019), "Awaken (2020-2021) dramalarida va „Memoir of a Murderer“ (2017) filmlarida rol ijro etgan.
Faoliyati
2010-yilda Seolhyun „8th Smart Model“ tanlovida gʻolib boʻlgan. Tadbirda bir nechta isteʼdod agentliklari ishtirok etgan va Seolhyunga hozirgi rahbariyati „FNC Entertainment“ hakam boʻlgan. U shuningdek, „FT Island“ oʻgʻil bolalar guruhining „Grown-Up“ mini-albomidagi „Severely“ qoʻshigʻi uchun klipda ham suratga tushgan.
2012-yil 30-iyulda Seolhyun „Mnet“ning „M Countdown“ dasturida „AOA“ aʼzosi sifatida oʻzining „Angels' Story“ debyut albomidagi „Elvis“ qoʻshigʻi bilan ilk chiqshini qilgan. Koʻp oʻtmay, u „My Daughter Seo-young“ teleserialida Lee Jung Shinning sevgan qizi rolini ijro etib aktyorisalik debyutini qilgan.
2013-yilda u „Ugly Alert“ kundalik dramasida rol ijro etgan. U oilaning kenja qizi, aktrisa boʻlishni orzu qilgan yorqin qiz obrazida namoyon boʻlgan.
Seolhyun birinchi marta „KBS“ telekanali „Brave Family“ (2015) estrada shousidagi chiqishi bilan eʼtiborni tortgan, shouda u tomoshabinlarning eʼtiborini oʻgʻil bolalarcha va qoʻpol xulq-atvori bilan oʻziga tortgan. Oʻsha yilning oxirida u „SK Telecom“ reklama roligi orqali shuhrat qozongan, bu esa yangi yulduz uchun reklama takliflarining koʻpayishiga olib kelgan.
Shaxsiy hayoti
Xayriya
2018-yil fevral oyida Kim va „CNBLUE“ guruhi aʼzosi Lee Jung-shin bilan kam taʼminlangan bolalar uchun 4-LOVE FNC maktabida koʻngilli boʻlib Myanmaning Kalav shahriga borishgan.
Manbalar
uz.wikipedia.org