Kim Sen-Go
Kim Sen-Go (1990-yil 30-sentyabrda tugʻilgan) — Janubiy Koreyalik futbolchi, Saudiya Arabistonining „Al-Shabab“ klubi va Janubiy Koreya milliy futbol jamoasida darvozabon sifatida oʻynagan.
Klubdagi faoliyati
Kim „Ulsan Hyundai“ning uziq kutilgan oʻyinchisi edi va oʻrta maktabni tugatgandan soʻng kattalar jamoasiga qoʻshilgan. Ammo, odatda, oʻrinbosarlar va litsey jamoasida oʻynagan. Mavjud darvozabon Kim Yon Kwang 2013-yilda jarohatlangan paytda berilgan imkoniyatlarda ajoyib oʻyin koʻrsatganidan soʻng Ulsanning asosiy darvozaboni boʻlgan. Shuningdek, u oʻsha mavsumda K ligasining eng yaxshi oʻyinchisi deb topilgan.
Xalqaro faoliyati
Kim terma jamoadagi debyutini 2013-yilning 14-avgustida Peruga qarshi o‘yinda o‘tkazgan va o‘z debyutida darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.
Kim Janubiy Koreya terma jamoasining 2014-yilgi FIFA Jahon chempionati uchun terma jamoasiga Jung Sung-Ryongdan keyin ikkinchi tanlov darvozaboni sifatida kiritilgan. U dastlabki ikki oʻyinda ishtirok etmagan, lekin Jungning Jazoirga qarshi oʻyinidan soʻng Belgiyaga qarshi oʻyinda Kim tanlab olingan. U ko‘plab seyvlarni amalga oshirgan boʻlishiga qaramay Koreya 1:0 hisobida mag‘lub bo‘lgan. Magʻlubiyatga uchraganiga qaramay, Kim jahon chempionatidagi debyutida dunyoning eng yuqori oʻrindagi jamoalaridan biriga qarshi oʻyinda atigi bitta gol oʻtkazib yuborgan oʻyini muxlislar tomonidan yaxshi baholangan.
Kim 2014-yilgi Osiyo oʻyinlarida ishtirok etish uchun Janubiy Koreyaning 23 yoshgacha boʻlgan terma jamoasiga katta yoshli futbolchi sifatida tayinlangan. Kim oʻz jamoasiga 28 yil ichida birinchi marta oltin medal olishga yordam bergan. Kim oʻzi oʻtkazgan oltita oʻyinda gol oʻtkazib yubormagan va harbiy xizmatdan ozod etilgan.
Kim Janubiy Koreya terma jamoasining 2018-yilda Rossiyada bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha jahon chempionatida ishtirok etishi uchun tanlangan, biroq murabbiy Shin Tae Yong o‘zining asosiy darvozaboni sifatida Jo Hyeon Wooni tanlagan.
JCh-2018dan soʻng Janubiy Koreyaning keyingi bosh murabbiyi Paulo Bento Kimga katta ishonch bildirgan. U 2019-yilgi Osiyo Kubogida ishtirok etib, chorak finalgacha boʻlgan beshta oʻyinda ikkita gol oʻtkazib yuborgan. 2022-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashida u 14 ta oʻyinda atigi 3 ta gol oʻtkazib yuborgan va Janubiy Koreyaga 2022-yilgi futbol boʻyicha Jahon chempionatiga chiqishga yordam bergan.
Oʻyin uslubi
Janubiy Koreyadagi eng koʻp qirrali darvozabonlardan biri sifatida tanilgan Kim dastlab tezkor reflekslari va ajoyib seyvlari bilan ajralib turgan.
Faoliyat statistikasi
Klub
Xalqaro
Yutuqlari
Ulsan Hyundai Kashiwa Reysol Janubiy Koreya U23 Janubiy Koreya Shahsiy yutuqlari Manbalar
uz.wikipedia.org