Kim Mu Yeol




Kim Mu Yeol (1982-yil 22-mayda tugʻilgan) — janubiy koreyalik aktyor. Musiqiy teatrdagi faoliyatidan keyin, Yeol birinchi boʻlib kinoda keyin esa televideniyada kamroq qismlardan iborat boʻlgan kichik rollarni ijro etadi. Ammo "Firibgarlik" (2009-yil) va "O‘qlar urushi" (2011-yil) nomli filmlaridagi ikkinchi darajali rollarida tomashabinlar tomonidan juda iliq qabul qilingan va yaxshi baholanganidan so‘ng, Kim Jung Ji Wooning "Muse" nomli 2012-yilda tasvirga olingan filmida o‘zining birinchi bosh rolini o‘ynadi va undan so‘ng koʻpgina bosh rollarni ijro etdi, mustaqil film sifatida esa All Bark No Bite roli alohida eʼtirofga sazovor boʻldi.

Faoliyati



Kim Mu-Yeol musiqiy teatr aktyori sifatida ham debyut qilgan va u sahnada oʻynagan rollar orasida „Trill Me“ nomli filmidagi bolalar qotillari Richard/Nathan va „Yigitlar va qoʻgʻirchoqlar“ filmidagi qimorboz Sky Masterson nomli obrazlari ham bor edi. U 2009-yilda Koreya musiqiy mukofotlarida "Bahor uygʻonishi " filmidagi Melchior nomli ijro etgan roli uchun „Eng yaxshi aktyor“ nominatsiyasida gʻolib boʻladi.

Kim ham sahnada, ham televideniya va kinoda kichik rollarda rol oʻynab oʻz faoliyatini toʻxtatmagan va 2009-yilda u „Firibgarlik“ nomli filmning bosh miyasi boʻlgan obligatsiya brokeri sifatida yordamchi roli bilan omma eʼtiborini qozona olgan. "Oʻqlar urushi" davriy epik film ijrosi 2011-yilning eng katta xitlaridan biriga aylandi va uning obroʻsini yanada oshirib yuboradi. 2012-yilda Kim provokatsion va psixologik jihatdan boy boʻlgan "A Muse" nomli filmi chiqqanidan soʻng yulduzlik darajasining yuqori pallasiga koʻtarildi, bu filmda esa aktyor ziddiyatli romanchi rolini oʻynagan edi.

Harbiy xizmati



2012-yil iyun oyida Kim oʻzining majburiy harbiy xizmatdan boʻyin tovlagani sababli jamoatchilikning tanqidiga uchradi. Koreya Taftish va Inspeksiya Kengashi (BAI) tomonidan eʼlon qilingan hisobot koʻra Kim 2001-yil mart oyida fizik tekshiruvdan soʻng ikkinchi darajali ishga yollanish uchun faol xizmat qilishga yaroqli deb topilgan. Biroq, u 2007-yildan 2009-yilgacha davlat xizmatiga imtihon topshirayotgani yoki mehnat taʼlimi muassasasiga qabul qilinganligi sababli keyinga qoldiriladi, ularning hech biri amalga oshmadi yaʼni davlat xizmatiga yoki mehnati taʼlim muassasasiga ham qabul qilimaydi. Xabarlarga koʻra, bu vaqt ichida u filmlar, musiqiy filmlar va televizion ishlardan taxminan ₩300 million ishlab topgan. 2009-yil dekabr oyida u kechiktirish uchun ruxsat etilgan 730 kunni ishlatib, harbiy xizmatga kirish toʻgʻrisida oxirgi xabarnoma oladi. U 2010-yil yanvar oyida tizzasidan jarohat olgani uchun harbiy maqomini oʻzgartirish toʻgʻrisida soʻrov yuborgan va yuborilgan soʻrovnomasi rad etilgan. Nihoyat, u „kam taʼminlangan shaxs“ va oilasini yagona taʼminlovchi boʻlganligi sababli haqiqiy imtiyoz beriladi. BAIning fikriga qaraganda, „Kimning daromadi qashshoqlik tufayli diskvalifikatsiya uchun belgilangan meʼyordan ancha yuqori“ deya fikrini aytgan. Shunday qilib, Harbiy kadrlar boshqarmasi oʻz vazifalariga beparvolik bilan munosabatda boʻlgan.

Shaxsiy hayoti



Aktyorning Twitter sahifasida tasodifan Kim Yoon Seung Ah shaxsiy xabar yozmoqchi bo‘lgan, bu romantik twitdagi holatdan so‘ng, ularning agentliklari bergan maʼlumotlar koʻra 2012-yilning fevralida ularning uchrashishayotganini tasdiqladi. Kim va Yoon 2015-yil 4-aprelida turmush qurishdi.

Filmografiyasi



Filmlari




Diskografiyasi




Mukofotlari va nominatsiyalari




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz