Kim Min-U




Kim Min-U (talaffuzi: Kim Min U) (1990-yil 25-fevralda tugʻilgan) — janubiy koreyalik futbolchi, hozirda Chengdu Rongcheng jamoasida oʻynaydi. Xalqaro maydonda Janubiy Koreya terma jamosi sharafini himoya qiladi.

Klubdagi faoliyati



Ilk yillari



Kim Seuldagi Yonsei universitetida tahsil olgan. U Yonsei universitetida talabasi boʻlganida, 2009-yilgi FIFA U-20 Jahon chempionatida Janubiy Koreyaning 20 yoshgacha boʻlgan terma jamoasi tarkibida 3 ta gol urgan va jamoa chorak finalga chiqishiga yordam bergan. U-20 Jahon chempionatidagi ajoyib oʻyinlaridan soʻng Kim gollandlarning chaqiruviga koʻra PSV Eyndxovenda sinovlarni oʻtkazgan, ammo sinovlardan oʻta olmagan. Sinovlar Yonsei universitetining xabarisiz oʻtkazilganligi tufayli Kim universitet futbol jamoasidan chetlashtirilgan.

Sagan Tosu



Gollandiyaning PSV jamosi bilan bogʻliq muaommolardan keyin Koreyada faoliyatini davom ettira olmagan Kimni hamyurti Yun Jung-Xwan Yaponiyaning J. Liga 2-divizioni vakili Sagan Tosu jamoasi safiga taklif qilgan va Kim Yaponiyaliklar bilan muzokaralar oʻtkazgan. Kim Sagan Tosu bilan uch yillik shartnoma imzolagan.

Xalqaro faoliyati



U 2009-yilgi FIFA U-20 Jahon chempionatida Janubiy Koreya U-20 terma jamoasi tarkibida harakat qilgan. Kim birinchi marta 2010-yilda Nigeriya milli futbol terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik oʻyini uchun Janubiy Koreya terma jamoasidan chaqiruv olgan.

2018-yil may oyida u Janubiy Koreyaning 2018-yil Rossiyada boʻlib oʻtadigan futbol boʻyicha Jahon chempionati uchun dastlabki 28 kishilik tarkibiga kiritilgan. Lekin Kim jahon chempionatining tasdiqlangan roʻyhatiga kiritilmagan.

Faoliyat statistikasi



Klub




Xalqaro maydondagi gollar




Yutuqlar



Xalqaro



Janubiy Koreya

Klub



Suvon Samsung Bluewings

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz