Kim Min-ju
Kim Min-ju (2001-yil 5-fevralda tugʻilgan),
Minju nomi bilan tanilgan, janubiy koreyalik qoʻshiqchi va aktrisa. U "Mnet" telekanalida efirga uzatiluvchi „Produce 48“ qizlar guruhi tanlovida 11-oʻrinni egallaganidan soʻng Janubiy Koreya-Yaponiyaning „Iz*One“ qizlar guruhining sobiq aʼzosi sifatida tanilgan. Guruh 2021-yil 29-aprelda tarqatib yuborilganidan soʻng, u hozirda „Urban Works Media“ ostida aktrisa sifatida faoliyat yuritadi.
Yoshligi va faoliyati
Kim 2001-yil -fevralda tugʻilgan. Uning singlisi va katta akasi bor. U Seul sahna sanʼati maktabida oʻqigan va 2020-yil fevral oyida tamomlagan. „Produce 48“ realiti-shousiga qoʻshilishdan oldin u kliplar va koreys dramalarida, xususan, 2018-yil „MBC“ telekanalida efirga uzatiluvchi „Tempted“ teleserialida suratga tushgan boʻlib, unda yosh Choi Su-ji (Moon Ga-young) rolini ijro etgan.
2018-yilning iyunidan avgustigacha Kim oʻzini „Urban Works“ kompaniyasi ostida „Produce 48“da taqdim etgan. Yakuniy epizodda u oʻn birinchi oʻrinni egallagan va shu tariqa shouning final debyuti „Iz*One“ tarkibiga qoʻshilgan. 2018-yil 29-oktyabrda u birinchi "Color*Iz" nomli mini-albomining chiqishi bilan guruh aʼzosi sifatida rasman debyut qilgan.
2019-yil May oyida Kim 20-Jonju xalqaro kino festivalida premyerasi boʻlib oʻtgan „The Fault Is Not Yours“ filmida rol ijro etgan. Bu uning „Produce 48“ shousida paydo boʻlishidan oldin namoyish etilgan.
2021-yil 29-aprelda „Iz*One“ tarqatib yuborilgach, Kim „Urban Works“ kompaniyasiga stajyor sifatida qaytgan. 7-oktyabr kuni uning kompaniyasi rasman uni aktrisa sifatida oʻzini namoyish qilishini eʼlon qilgan.
Manbalar
uz.wikipedia.org