Kim Jung-woo
Kim Jung-Woo (talaffuzi: Kim Jon U) (1982-yil 9-mayda tugʻilgan) — Janubiy Koreyalik sobiq futbolchi.
Klubdagi faoliyati
Kim 2010-yilgi futbol boʻyicha Jahon chempionatiga chaqiriligan vaqtida majburiy harbiy xizmatni oʻtash uchun „Sangju Sangmu Phoneix“ harbiy jamoasida oʻynagan va uning harbiy xizmat davomidagi maoshi (yiliga 0,95 million ₩) Argentinaga qarshi oʻyin oldidan muxlislarning kulgusiga sababchi boʻlgan edi.
Kim 2012-yil yanvar oyida 3 yillik shartnoma asosida Jeonbuk Hyundai Motorsga ko‘chib o‘tganidan so‘ng K ligasida eng ko‘p maosh oluvchi futbolchiga aylangan.
Xalqaro faoliyati
Kim 2004 va 2008-yilgi yozgi Olimpiada oʻyinlarida Janubiy Koreyaning 23 yoshgacha boʻlgan yoshlar terma jamoasi tarkibiga chaqirilgan.
Kim Janubiy Koreyani 2007-yilgi Osiyo Kubogida himoya qilgan. U Koreyaning Indoneziya darvozasiga g‘alaba keltirgan golini kiritgan va chorak finalda Koreyaning penaltilar seriyasida Eron ustidan qozonilgan g‘alabasida hal qiluvchi penaltini amalga oshirgan.
2010-yilgi FIFA Jahon chempionatida Kim Janubiy Koreya jamoasining 1/8 finalga chiqishida Kim yarim himoyachisi sifatida muhim rol oʻynagan. Yevropa klublarining qiziqishlari ortib borayotganiga qaramay, u oʻz mamlakatiga Gwangju Sangmuda xizmat qilishni davom ettirish uchun qaytgan.
2019-yil 22-mart kuni Kim Ulsan Munsu futbol stadionida boʻlib oʻtadigan Janubiy Koreya va Boliviya oʻrtasidagi oʻyin oldidan rasmiy nafaqaga chiqish marosimini oʻtkazgan va oʻsha oʻyindan keyin professional futbolchilik faoliyatini yakunlagan.
Faoliyat statistikasi
Klub
Yutuqlari
Ulsan Hyundai Horang-i Seongnam Ilhwa Chunma Jeonbuk Hyundai Motors Janubiy Koreya U23 Janubiy Koreya B Janubiy Koreya Shahsiy yutuqlari Manbalar
uz.wikipedia.org