Kim Jung-ah
Kim Jung-ah (1983-yil 2-avgustda tugʻilgan),
Jung Ah yoki
Jung A nomi bilan tanilgan, janubiy koreyalik qoʻshiqchi. U „Kiss Five“ guruhining aʼzosi va „After School“ guruhining sobiq sardori edi. 2016-yilda „Pledis Entertainment“ kompaniyasi uning shartnomasi muddati tugaganini va u „After School“ni tark etganini tasdiqlagan.
Faoliyati
Kim 2008-yil 29-dekabrda „SBS“ telekanalida efirga uzatiluvchi qoʻshiq festivalida Son Dam-bi va Kahi bilan birga „Play Girlz“ qoʻshigʻini ijro etib, „After School“ guruhida norasmiy debyut qilgan. 2009-yil boshida „After School“ guruhi „New Schoolgirl“ debyut albomini „AH!“ singli bilan 15-yanvarda chiqargan. „After School“ „MBC“ telekanali „Music Core“ teledasturining 17-yanvardagi epizodida debyut sahnasini namoyish etgan.
Kahi oʻqishni tugatgandan soʻng Jung Ah guruhning yangi sardori boʻlgan.
2012-yil sentyabr oyida Jung Ah „MBC Every1“ telekanalida efirga uzatiluvchi „Reckless Family 2“ dramasida rol ijro etishi eʼlon qilingan.
2015-yil 7-aprelda „Pledis Entertainment“ kompaniyasi 16-aprel kuni Jung Ah va kompaniya hamkori Xan Dong Geun „Between the Two of Us“ nomli duetni chiqarishini eʼlon qilgan
2016-yil 28-yanvarda Jung Ahning „Pledis Entertainment“ bilan shartnomasi tugagan va u yetti yillik faoliyatdan soʻng „After School“ni tugatgan.
2016-yil 25-may kuni Jung A yakkaxon ijrochi sifatida iyun oyida yangi albomi bilan reper J-STAR ishtirokida debyut qilishini eʼlon qilgan.
Shaxsiy hayoti
2013-yilning 25-martida Jungah va „SHINee“ guruhining aʼzosi Onew birga boʻlgan suratlari instagram sahifalarida koʻrsatilgandan soʻng bir yildan koʻproq vaqt davomida uchrashgani haqida xabarlar paydo boʻlgan. Ilgari Onew Jungah uning „ideal qiz“ ekanligini taʼkidlagan edi. Jungah va Onew agentliklari ularning munosabatlari haqidagi ayblovlarni rad etishgan va ular shunchaki „yaqin doʻstlar“ ekanliklarini aytishgan.
Manbalar
uz.wikipedia.org