Kim Jae-ryong
Kim Jae-ryong (1959-yilda tugʻilgan) — Shimoliy Koreyalik siyosatchi. U 2019-yil aprelidan 2020-yil avgustigacha Shimoliy Koreya bosh vaziri lavozimida faoliyat yuritgan. Kim Jae-ryong Koreya Mehnat partiyasi aʼzosi va bu partiyada ancha katta siyosiy mavqega erishgan shaxs hisoblanadi. Shuningdek, Kim Jae-ryong Tashkilot va yo‘l-yo‘riq departamenti direktori va Oliy xalq assambleyasi deputati lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Faoliyati
Kim Jae-ryongning dastlabki ish faoliyati haqida nisbatan kamroq maʼlumotlar mavjud. Bosh vazirlik lavozimiga kelguniga qadar Kim Jae-ryong turli sanoat korxonalarida siyosiy rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritgan. Taxminan 2007-yilda u Koreya Mehnat partiyasi (WPK) Shimoliy Pyongan viloyat qoʻmitasi kotibi sifatida oʻzining birinchi muhim lavozimiga tayinlangan. Kim Jae-ryong 2015-yilda WPK Chagang viloyat qo‘mitasi kotibi vazifasiga tayinlangan. 2016-2019-yillarda rasman viloyat partiya kotibi lavozimini egallagan. 2016-yilda Kim Jae-ryong WPK Markaziy qoʻmitasi aʼzosi boʻldi.
Shuningdek, Kim Jae-ryong Koreya ishchilar partiyasi tarkibida Sinuiju shahrining erkin iqtisodiy zonasining tashkil etilishini nazorat qilgan.
Bosh vazir
2019-yil 10-martda Kim Jae-ryong parlament saylovlarida Oliy xalq majlisiga saylangan. Bir oydan kamroq vaqt oʻtgach, XIV Oliy xalq assambleyasining birinchi sessiyasida Kim Jae-ryong Pak Pong-ju oʻrniga bosh vazir etib tayinlandi. Shuningdek, Kim Jae-ryong Siyosiy byuro va Markaziy harbiy komissiya aʼzosi etib saylangan.
Kim Jae-ryong bosh vazir sifatida mamlakat qishloq xoʻjaligi, sanoati sohalarida islohot oʻtkazdi. Shuningdek, Kim Jae-ryong Koreya poytaxti Pxenyan shahridagi turarjoy binolari loyihasida yangiliklarni amalga oshirdi.
Kim Jae-ryong 2020-yil 13-avgustda bosh vazir lavozimidan ozod etilgan. Uning oʻrniga bosh vazir lavozimiga Kim Tok-hun tayinlangan.
Bosh vazirlikdan keyingi faoliyati
Bosh vazir lavozimidan bo‘shatilganidan so‘ng Kim Jae-ryong Tashkilot va yo‘l-yo‘riq departamentiga rahbar etib tayinlandi. Keyinchalik Kim Jae-ryongning Tashkiliy maʼmuriy departament deb nomlangan tashkilotga tayinlanganligi haqidagi maʼlumotlar soxta boʻlib chiqdi.
Manbalar
uz.wikipedia.org