Kim Hyo-yeon




Kim Hyo-yeon (1989-yil 22-sentyabrda tugʻilgan), Hyoyeon yoki DJ Hyo nomi bilan tanilgan janubiy koreyalik qoʻshiqchi, raqqosa, DJ. U 2007-yil avgust oyida "Girls' Generation" qizlar guruhining aʼzosi sifatida debyut qilgan, u Janubiy Koreyada eng koʻp albomi sotilgan ijrochilardan biriga va butun dunyo boʻylab eng mashhur K-pop guruhlaridan biriga aylangan. Oʻshandan beri u „SM Entertainment“ kompaniyasining boshqa loyihalarida, jumladan „Girls' Generation-Oh!GG“ va „Got the Beat“da ishtirok etgan. 2016-yildan beri u yakkaxon ijrochi sifatida qoʻshiqlarini chiqaradi.

Yoshligi va faoliyati



Hyoyeon 1989-yil 22-sentabrda Janubiy Koreyaning Incheon shahrida tugʻilgan. U ota-onasi va ukasi Kim Min Gu bilan katta boʻlgan. Hyoyeonning rasmiy raqs mashgʻulotlari boshlangʻich maktabda boshlangan. Mahallasidagi kichik hip-hop maktabida hip-hop, jazz va lotin raqslarini oʻrgangan. 1999-yilda u Janubiy Koreyadagi turli xil hip-hop uslublariga ixtisoslashgan Dance School nomli raqs maktabiga oʻqishga kirgan. Maktabda u „Miss A“ aʼzosi Min bilan uchrashgan va u bilan "Little Winners (리틀위너스) " raqs jamoasini tuzgan. Bu duet turli tadbirlarda chiqish qilgan va 2004-yilda HipHoper.com tomonidan eʼtiborga olingan.

Hyoyeon „SM Entertainment“ uchun 11 yoshida „SM 2000 Casting System“ tanlovi orqali tinglangan. Hyoyeonning aytishicha, u tanlovdan oʻtgan, chunki onasi uni „H.O.T.“ guruhi bilan uchrashish umidida „SM Entertainment“ ofislariga olib kelgan, Hyoyeon tinglov shousida raqsga tushgan. 2004-yilda „Super Junior“ guruhi aʼzosi Siwon bilan birga u Pekinga xitoy tilini oʻrganishga yuborilgan. U Kim Hye-rang, Poppin Seen, Kwang Hoo (Crazy Monkey), Poppin DS, Kvon Seok kabi eng yaxshi xoreograflardan Electric Boogaloos nomli koʻcha raqsi va boshqa raqs turlari boʻyicha koʻrsatmalar olgan. U, shuningdek, Jastin Timberlakening xoreograflaridan biri va bir nechta chet ellik oʻqituvchilar bilan ishlagan.

„Girls' Generation“ bilan debyut qilishdan oldin u Janet Jackson uchun xoreograf sifatida ishlagan va „M.net KM Music Festival 2005“da chiqish paytida „BoA“ guruhinining siluet raqqosasi boʻlgan. 2007-yilda u Jae Won bilan hamkorlikda „Anonymous“ qoʻshigʻida raqslarini ijro etdi. Hyoyeon, shuningdek, „Star News“ telekanalida Koreyaning 1-raqamli raqqosasi sifatida tanlangan.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz