Kim Go-eun
Kim Go-eun (hangulcha: 김고은; Hanja: 金高銀) — janubiy koreyalik aktrisa va qoʻshiqchi. Kim Muse (2012) filmida debyut qilib, buning uchun u Janubiy Koreyada „Eng yaxshi yangi aktrisa“ nominatsiyasida bir nechta mukofotlarga sazovor boʻlgan. Shuningdek, Kim Cheese in a trap (Tuzoqdagi pishloq) (2016), Guardian: The Lonely and Great God (Goblin) (2016) va The King: Eternal Monarch (Qirol: Abadiy Monarx) (2020) teleseriallaridagi rollari bilan tanilgan.
Tarjimayi holi
1994-yilda, uch yoshida Kim oilasi bilan Xitoyning Pekin shahriga koʻchib oʻtib, u yerda 10 yil yashaydi, shuning uchun Kim mandarin tilini yaxshi biladi. Rejissyor Chen Kayge tomonidan suratga olingan Birgalikda (和你在一起) filmini har gal ko‘rganida yig‘lab yuboradigan Kim rejissyor bo‘lishni xohlaydi va tasodifan teatrga tushib qoladi. Janubiy Koreyaga qaytgach, u Kayvon san'at oʻrta maktabiga oʻqishga kirib, Koreya Milliy san'at universitetida drama boʻyicha oʻqishni yakunlaydi.
Rejissor Jung Ji Woo Kim haqida shunday deydi: „Kim tabiatan qiziquvchan va jasur qiz. Uni osonlikcha tasirlantirish qiyin, shuning uchun ham Kim kuchli“
Faoliyati
2012-yil: Muse va tanqidchilar e'tirofi
2012-yilda Kim Muse filmida ikki erkakning ehtiroslarini qoʻzgʻatuvchi 17 yoshli oʻrta maktab oʻquvchisi Yun-gyo rolini ijro etganida ommaviy axborot vositalari eʻtiboriga tushgan. Oʻsha yili ijrosi uchun Kim eng yaxshi yangi aktrisa mukofotini qoʻlga kiritgan.
21 yoshli Kim ilgari hech qachon film yoki seriallarda, hatto ikkinchi darajali rollarda ham suratga tushmagan. Oldinlari u faqat talabalar spektakllarida yoki maktab spektakllarida ijro etgan. Kim Muse filmi rejissyori Jung Ji Vu bilan doʻstlari orqali tanishib qolgan va oʻsha vaqtlarda rejissyor film uchun tinglov oʻtkazayotganini ham bilmagan. “Men rejissyor bilan suhbatlashib, tinglovni tugatdim. Menda hatto tinglovga tayyorlanishga ham vaqt yo‘q edi”, deb eslaydi Kim. Boʻlajak aktrisa rol uchun tinglovga kelgan 300 ta qizlar orasidan tanlangan. Filmda provokatsion mavzudan tashqari, ikkita grafik jinsiy aloqa sahnalari ham mavjud bo‘lib, bu Kimni suratga olishdan oldin o‘zini noqulay va xijolatli his qilganini tan olishga majbur qilgan, biroq kameralar yoqilganda, u personaj ijrosiga butunlay kirishib ketganini aytadi.
2013 - 2015: Tanaffus va kinoga qaytish
Muse serialidan keyin rollar uchun ko‘plab takliflar bo‘lishiga qaramay, Kim ikki yil tanaffus qilib, ta’lim olish uchun kollejga qaytishga qaror qildi. Kim 2014-yilda ekranga qaytib, Monstertrillerida o‘zining ko‘p qirraliligini namoyish etib, filmda singlisi qotil tomonidan shafqatsizlarcha o‘ldirilgan nogiron ayol rolini ijro etadi. Ayolning qaygʻusi va gʻazabi oʻzini aqldan ozdirib, qotildan qasos olishni rejalashtiradi.
2015-yilda Kim va Hwe Su 1980-yilda yozilgan Koin rokka beibiizu (Kameradagi bolalar) yapon romani asosidagi Kameradagi qizaloq trillerida rol ijro etishgan. Kim birinchi marta 2015-yilgi Cannes kinofestivaliga rejissyor va aktyorlar bilan birga filmni taqdim etish uchun taklif qilingan.
2016 - hozirgi kungacha
Kim oʻzining televideniyedagi debyutini xuddi shu nomdagi webtoonga asoslangan Cheese in a trap serialida qilgan. Shuningdek, u dramaning saundtreki uchun Tearliner bilan Attraction qoʻshigʻini ijro etgan. Kim oʻzining ijrosi uchun Baeksang Arts Award mukofotiga sazovor boʻlgan. Keyinchalik 2016-yilda Kim Eun Sookning mashhur Guardian: The Lonely and Great God fantastik dramasida suratga tushgan. Bu drama xitiga aylangan va tanqidchilar olqishiga sazovor boʻlib, Janubiy Koreyada madaniy hodisaga aylangan. Shuningdek, serial reytingi 20% dan oshgan birinchi koreys serialiga aylandi va 2020-yil iyun holatiga koʻra, televideniye tarixidagi eng yuqori reytingga ega beshinchi koreys dramasi ekanligi ma`lum boʻldi. Kim serialdagi hamkasblari bilan yaqin doʻst boʻlib qolgan.
2019-yilda Kim Lee Min-ho bilan birga The King: Eternal Monarch fantastik dramasida rol ijro etgan. Serial uning aktyorlari, taniqli yozuvchisi, keng reklamasi va 30 milliard von (25 million AQSH dollari) dan ortiq ishlab chiqarish byudjeti tufayli 2020-yilning birinchi yarmida eng kutilgan seriallardan biri sifatida e’tirof etilgan. Jumadan, shanbagacha boʻlgan serialning SBS telekanalida efirga uzatilgan premyerasi eng yuqori reytingini olgan va ketma-ket sakkiz hafta davomida Wavve haftalik drama jadvalida birinchi oʻrinni egallab birinchi epizodidayoq rekord oʻrnatgan.
oʻsha yili Kim mashhur Yeonwun musiqiy filmi asosida Janubiy Koreyaning birinchi Hero musiqiy filmi uchun tanlangan. Filmning premyerasi 2020-yilning iyul oyida bo‘lib o‘tishi kerak edi, ammo COVID-19 pandemiyasi tufayli kechiktirilgan.
Filmografiyasi
Filmlari
Teleseriallar
Koʻngilochar koʻrsatuvlar
Manbalar
uz.wikipedia.org