Kim Don-jin
Kim Don-jin (1982-yil 29-yanvarda tugʻilgan) — janubiy koreyalik sobiq futbolchi, markaziy himoyachi sifatida oʻynagan. Hozirda u Gonkong Premer-ligasining Kitchee klubida yordamchi murabbiy hisoblanadi.
Klub faoliyati
Kim oʻzining professional faoliyatini 2000-yilda Anyang LG Cheetahsda (2004-yilgacha Seul) boshlagan. 2006-yil 28-iyunda u murabbiy Dik Advokat va koreyalik jamoadoshi Li Xodan keyin Sankt-Peterburgning „Zenit“ klibiga oʻtgan. „Zenit“dagi ikkinchi mavsumida u ajoyib oʻyin koʻrsatib, jamoasiga birinchi marta Rossiya Premer-ligasi chempionligini qoʻlga kiritishga yordam bergan va Rossiya Futbol Ittifoqining ikkinchi eng yaxshi chap qanot himoyachisi deb topilgan. Biroq keyingi mavsum o‘rtalarida oyog‘idan jarohat olib, o‘z mahoratini namoyish eta olmagan. Bundan tashqari, uning miyasida qon aylanishi bilan bogʻliq muammo yuzaga kelgan. 2010-yil 26-yanvarda Zenit shartnomasini bekor qilgan.
2019-yilning 24-iyulida Kim Kitcheening „Manchester City“ ga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushgan va 15-daqiqada almashtirilgan. Oʻsha oʻyinda „Man City“ bosh murabbiyi Pep Gvardiola Kimga „City“ libosini topshirgan. Uchrashuvdan soʻng Kim futbolchilik faoliyatini yakunlagan va Kitchee murabbiyiga aylangan.
Xalqaro faoliyati
Kim 2004-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida Janubiy Koreyaning chap yarim himoyachisi boʻlgan va Koreyaga bir gol (Gretsiyaga qarshi) va ikkita golli uzatma (ikkalasi ham Maliga qarshi) bilan, A guruhida ikkinchi oʻrinni egallashiga yordam bergan.
2004-yilda Kimning Germaniyaga qarshi oʻyini Jo Bonfrer qoʻl ostida boʻlganida unga chap qanot himoyachi pozitsiyasini (odatda 4-3-3 yoki 3-4-3 boʻlgan tarkibga qarab) egallashiga turtki boʻlgan, bu ampula dastlab Li Yang-Pyoga tegishli boʻlgan. Biroq, Advokat 2005-yilning noyabrida Janubiy Koreyaning yangi murabbiyi boʻlganligi sababli, Li ham, Kim ham bu ampula uchun kurashishga majbur boʻlgan. Chunki bu ikki futbolchi milliy terma jamoa rivojiga katta katta hissa qoʻshishgan. ikkala oʻyinchi 2006-yilgi FIFA Jahon chempionatida chap qanot himoyachisi ampulasini egallashgan.
2008-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari paytida u Janubiy Koreyaning 23 yoshgacha boʻlgan terma jamoasiga chaqirilgan. Gondurasga qarshi soʻnggi oʻyinda oʻzining mustahkam oʻyini va gʻalabali goliga qaramay, uning jamoasi birinchi davrada musobaqadan chiqib ketgan.
Faoliyat statistikasi
Klub
Xalqaro
Yutuqlar
Seoul FC Zenit Sankt-Peterburg Muangthong United Kitchee Janubiy Koreya U23 Janubiy Koreya Shahsiy yutuqlari Manbalar
uz.wikipedia.org