Kim Do-hun
Kim Do hun (1970-yil 21-iyulda tugʻilgan) — Janubiy Koreyalik professional futbol murabbiyi va sobiq futbolchi. Kimning oxirgi boshqargan jamoasi Singapurning „Lion City Sailors“ klubi boʻlgan.
Futbolchilik faoliyati
Kim futbolchilik faoliyati davomida Jeonbuk Hyundai Motors, Vissel Kobe va Seongnam Ilhwa Chunma jamoalarida oʻynagan. U Janubiy Koreya terma jamoasida ham oʻynagan va 1998-yilda Fransiyada boʻlib oʻtgan futbol boʻyicha jahon chempionati ishtirokchisi boʻlgan.
1999-yil 28-martda Kim Braziliyaga qarshi o‘yinda (1:0) oʻzining terma jamoadagi yagona golini kiritgan. Uning goli natijasida Janubiy Koreya Braziliyani magʻlub etgan birinchi va yagona Osiyo davlatiga aylangan.
Murabbiylik faoliyati
Kim murabbiylik faoliyatini 2014-yilda Janubiy Koreyaning 20 yoshgacha boʻlgan yoshlar terma jamoasida yordamchi murabbiy sifatida boshlagan. U 2015-yildan 2016-yilgacha Incheon unitedni, keyin esa 2017-yildan 2021-yilgacha Janubiy Koreyaning K ligasida Ulsan Hyunday jamoasini boshqargan. Ulsanni boshqarayotganda jamoasini 2020-yilgi Osiyo Chempionlar Ligasi chempioni darajasiga olib chiqgan.
2021-yil 18-mayda Kim ikki yarim yillik shartnoma asosida Singapur Premer-ligasi klubi Lion City Sailors murabbiyiga aylangan. Oʻzining birinchi mavsumida u dengizchilarni 2021-yilgi Singapur Premer-ligasi chempionligiga olib borgan.
2022-yilning 24-iyulida u o‘yin oxirida Tampines Rovers yordamchi murabbiyi Mustafic Fahrudinga boshi bilan zarba bergan. 2022-yil 11-avgustda Kim o‘zining hujumi uchun uch o‘yinga diskvalifikaciya qilinganidan keyin isteʼfoga chiqgan.
Faoliyat statistikasi
Klub
Xalqaro
Yutuqlar
Yonsei universiteti Sangmu FC Jeonbuk Hyundai Motors Seongnam Ilhwa Chunma Janubiy Koreya B Janubiy Koreya Shahsiy yutuqlari Murabbiylik faoliyati
Ulsan Hyundai Lion City Sailors Manbalar
uz.wikipedia.org